|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 115/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)4-bo‘lim
TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING
LINIYA TRAKTI
11-bob. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining
liniya trakti
Optik nurlanishni berilgan to'lqin uzunligida uzatuvchi va kabeldagi so‘nishlarni, yo'qotishlarni, dispersiya tufayli buzilgan signallarni to‘g‘rilashni, berilgan shovqindan himoyalanganlikni ta’minlovchi optik aloqa liniyasining texnik qurilmalar yighndisi optik liniya trakti deb ataladi.
Optik signallar tola bo‘ylab uzatilganda yorug'lik nuri optik tola materialida yutilishi va sochilib ketishidan so'nadi. Dispersiya esa signalning spektral va moda tashkil etuvchilarining vaqt bo‘yicha sochilib ketishi, ya’ni ularni turli vaqtlarda tarqalishiga olib keladi. Dispersiya tufayli optik signal impulslarining davomiyligi va ko‘rinishi o‘zgaradi, impulslar kengayib ketadi.
Bu holatlarning hammasi optik tolali uzatish tizimlarining retranslyatorsiz uchastkasining maksimal uzunligini chegaralaydi. Agar uzatkich va qabul qilgich orasidagi ruxsat etilgan maksimal uzunlik oshirilsa, u holda liniya traktining oraliq stansiyalarida bir yoki bir necha retranslyatorlarni joylashtirish kerak.
TOA liniyalari bo‘ylab signallarning uzatish sifati minimal ruxsat etilgan signal-shovqin nisbati yoki shovqindan himoyalanganlik bilan baholanadi. Raqamli uzatish tizimlari analog uzatish tizimlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli, raqamli TOATning shovqindan himoyalanganligi 20 — 25 dBq dan, analog uzatish tizimlari uchun esa 50 — 60 dBq dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Elektr kabelli tizimlarning liniya traktidan. farqli ravishda optik tizimlarning uzatish tezligi juda ham katta. Bu optik eltuvchilarni nihoyatda yuqori chastotaga (1015 Hz gacha) egaligi bilan tushuntiriiadi. Optik kabellarda so‘nish juda kichikligi (X=l,55 mkm da a =0,2 dB/km gacha) sababli regeneratorlar orasidagi masofa 100 km gacha bo'lishi mumkin. Bu optik liniya traktining afzallik tomonlaridan biridir.
274
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |