Optik aloqa asoslari




Download 1 Mb.
bet116/160
Sana13.01.2024
Hajmi1 Mb.
#136728
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

11.1. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktida


qo‘llaniladigan asosiy qurilmalar. Retranslyatorlar, ularning
turlari: regenerator va optik kuchaytirgichlar

Talab etiladigan signal-shovqin nisbatini, ya’ni shovqindan himoyalanganlikni ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar joylashtiriladi. Retranslyatorlar ikki turga bo'linadi:
1) regeneratorlar; 2) optik kuchaytirgichlar.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, «0» ni «1» dan farqlasa bo‘ladigan holatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal shaklini tiklamaydi, faqat so'ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularning soni berilgan shovqindan himoya- langanlik (xatolik koeffitsiyenti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi.
Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi ham. Signallarni kuchaytirish, boshlanghch shaklini tikiash, to‘g‘rilash, shovqinlarni bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. Regeneratsiyalash regenerator qurilmalarida amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullar va regeneratsiyalash bloki yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin.
Ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek, regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish, optik kuchaytirgichlarning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali bir modali NZDSF optik tolalarining afzalliklari tufayli, qimmat regeneratsiyalash tizimlarini qo‘llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo‘ylab uzatiladigan axborot hajmini keskin oshiradi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulida optik kuchay­tirgichlarning vazifasi keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik eltuvchili bir necha optik signallarni bir vaqtda ku­chaytiradi. Hattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli signal- larning buzilishi va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar bajaril- maydigan oraliq stansiyalar va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart.

    1. jadvalda regenerator va optik kuchaytirgichlarning qiyosiy taqqoslash xarakteristikalari berilgan.


275


www.ziyouz.com kutubxonasi






Download 1 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Download 1 Mb.