Optik aloqa asoslari




Download 1 Mb.
bet70/160
Sana13.01.2024
Hajmi1 Mb.
#136728
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

signal sathi — ImW)


ikki sathli tizimdan ko‘p sathli tizimga o‘tish, ya’ni damlash jarayonini qisqaroq to‘lqin uzunliklarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Erbiyli optik tolalami umuman olganda 514, 528, 532, 665, 807, 980 va 1480 nm li to‘lqin uzunliklaridagi nurlanishlar bilan qo‘zg‘atish mumkin. Biroq uch sathli damlash tizimiga asoslangan zamonaviy optik tolali kuchaytirgichlarda bu maqsadda, asosan, 980 nm to‘lqin uzunlikdagi nurlanishdan foydalaniladi.
Bu to'lqin uzunligiga mos kelgan 3-barqaror sath (5.5-rasmda u 3-ES bilan belgilangan) 2-o‘ta barqaror sathga nisbatan o‘nlab marta torroq chastotalar spektriga ega.
Uch sathli damlash tizimida o‘ta barqaror 2-sathni qo‘zg‘atish ikki bosqichda amalga oshiriladi: awal 3-ES sath qo‘zg‘atiladi, natijadabu sathning elektronlar bilan egallanganligi ortadi. Elektron- larning bu sathdagi o‘rtacha yashash vaqti taxminan 1 mks ga


164


www.ziyouz.com kutubxonasi




teng. Shundan so‘ng elektronlar 2-o‘ta barqaror sathning yuqori sathchalariga o‘tib, ulardan asta-sekin bu sathning boshqa sathcha- lariga tushadi. Shu tarzda 2-o‘ta barqaror sath quyi sathchalarining elektronlar bilan asosiy sathga nisbatan teskari egallanganligiga erishiladi.
Bu esa, o‘z navbatida, elektronlarning 1530... 1560 nm to‘lqin uzunlikdagi signal ta’sirida majburiy o‘tishlarning vujudga kelishiga va oxir-oqibat signal nurlanishining kuchayishiga olib keladi.
Elektronlarning 3-barqaror sathning sathchalaridan 2-o‘ta barqaror sath sathchalariga o‘tishi nisbatan past chastotali nurlanish yoki atomlarining tebranishlari (akustik fotonlar) ko‘rinishidagi energiyaning ajralib chiqishi, ya’ni shovqinning vujudga kelishiga olib keladi. Biroq 3-barqaror sathning chastotalar spektri kuchay- tirgichga nisbatan past sathli shovqinga ega bo‘ladi.
Damlash samaradorligi nuqtayi nazaridan qiyosiy tahlil birinchi qarashda uch sathli tizimda teskari egallangan muhitni hosil qilish ko‘proq energiya talab qiladi, boshqacha aytganda, bir xil kattalikdagi kuchaytirish koeffitsiyentini olish uchun /=980 nm li to‘lqin uzun- ligida damlanadigan kuchaytirgich /=1480 nm to‘lqin uzunligida ko‘proq quwat talab qiladi, degan xulosaga olib kelishi mumkin. Biroq 2-o‘ta barqaror sath asosiy sathga nisbatan yaqin joylashgani, bu sathga tegishli quyi sathchalarning elektronlar bilan egallanishi ehtimolligi juda kattaligini, shu sababdan optik signalning kuchayish jarayonida ularning hech qachon batamom bo‘shab qolmasligi e’tiblorga olinsa, damlash quwatining bir xil qiymatlarida uch sathli damlash tizimga asoslangan optik kuchaytirgich ikki sathli tizim asosida ishlaydigan optik kuchaytirgichga nisbatan kattaroq kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ladi.



Download 1 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Download 1 Mb.