|
Tola I i optik kuchaytirgichning xarakteristika
va parametrlari
|
bet | 71/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Tola I i optik kuchaytirgichning xarakteristika
va parametrlari
Amplitudaviy xarakteristika, ya’ni chiqish va kirish nurlanish quwatlari orasidagi bog‘lanish tolali optik kuchaytirgichning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. 5.4-rasmda erbiyli optik kuchay- tirgichdan dBm larda ifodalangan ana shunday xarakteristikasi tavsiflanadi.
165
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
rasmda ko‘rinadiki, kirish signali sathini —40 dan —20 dBm | gacha oraliqda orttirilganida (egri chiziqning M— N bo‘lagi) chiqish j quwati chiziqli ravishda ortadi.
5.4-rasm. Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning amplitudaviy
xarakteristikasi
Kirish quwatini yanada oshirish egri chiziq tikligining kamayi- shiga olib keladi va kirish signalining sathi taxminan 0 dBm ga erishganida to'yinish sodir bo‘ladi. Kirish quwatining sathi tartib jihatdan chiqish quvvatiga pasayib, kuchaytirish koeffitsiyenti kamayadi.
Tolali optik kuchaytirgich amplitudaviy xarakteristikasining bunday ko'rinishini quyidagicha tushuntirish mumkin.
Optik signalning kuchayish jarayonida elektronlar bilan teskari egallangan 2-o‘ta barqaror sathning asta-sekin kambag'allashishi ro'y beradi. Kambag'allashish darajasi va tezligi optik signalning quwati, ya’ni signal nurlanishi tarkibidagi fotonlar soniga bog‘liq. Agar fotonlarning soni qo‘zg‘atilgan o‘ta barqaror sathdagi elektron- larning sonidan kichik bo‘lsa, bu hoi sathning elektronlar bilan egallanganlik darajasiga deyarli ta’sir etmaydi. Chunki signal ta’sirida elektronlarning kamayishi damlash nurlanishi hisobiga to'ldirilib boriladi. Bu holda tolali optik kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti eng katta qiymatga erishadi.
Kirish signal! quwati, ya’ni signal tarkibidagi fotonlar sonining ortishi bilan 2-o‘ta barqaror sathdagi elektron to'ldirilishi asta-
166
www.ziyouz.com kutubxonasi
sekin susayadi va kirish nurlanish signali quwatining muayyan quwatidan boshlab to‘yinish hodisasi ro‘y beradi, 2-o‘ta barqaror sath va asosiy sathlarning elektronlar bilan egallanganlik darajasi bir xil bo‘lib qoladi.
Natijada kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati 1 ga intiladi. Signal quwatining yanada ortishi bu koeffitsiyentining 1 dan ham kamayishiga olib keladi.
Tajribalar erbiy aralashmali tolali optik kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti nafaqat kirish optik signalining quwati 5.5-rasmda aralashmali tolali optic kuchaytirgich kuchaytirish koeffitsiyentining optic signal to‘lqin uzunligiga bogMiqligi ko'rsatilgan (signal quwatining turli qiymatlari uchun) chiz- malardan ko‘rinadiki, kirish optic signal quwatining kichik qiymatlarida kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati katta bo‘ladi (35 db gacha), biroq bu qiymat to‘lqin uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlangan bo‘ladi. Signal quwatining ortishi kuchaytirish koeffitsiyenti qiymatining kamayib ushbu xarakteristikaning tekislik darajasi, shuningdek, uning to'lqin uzunligiga ham bog'liqligini ko'rsatadi.
5.5-rasm. Erbiy aralashmali tolali optik kuchaytirgich kuchaytirish
koeffitsiyentining optik signal to‘lqin uzunligiga bog'liqligi
www.ziyouZ.cOm kutubxonasi
5.3. Yorug‘likning Raman sochilishiga asoslangan
optik kuchaytirgichlar
Bu turdagi optik kuchaytirgichning ish prinsipi katta quwatli damlovchi yorug‘lik to‘lqinining optik tolaning nobirjinsliklaridagi sochilish chog‘ida u bilan bir xil yoki qarama-qarshi yo‘nalishda tarqalayotgan kuchsiz signal bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan foydala- nishga asoslangan. Bunday ta’sirlashuv jarayonida signal spektral diapozonning markazi damlovchi to'lqin chastotasi C0d ga nisbatan signal chastotasi C0s qadar siljigan bo‘ladi:
(5-1)
to = co, - co
i G л
|
| |