-bob. OPTIK MODULYATORLAR




Download 1 Mb.
bet79/160
Sana13.01.2024
Hajmi1 Mb.
#136728
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160
Bog'liq
Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

6-bob. OPTIK MODULYATORLAR

    1. Yorug‘lik oqimini ichki va tashqi modulyatsiyalash
      usullari


Ma’lumki, axborotlar oqimini optik tola bo‘ylab uzatish optik eltuvchi — yorug‘lik to‘lqinining axborot signaliga monand tarzda o‘zgartirishni taqozo etadi. Yorug'lik nurlanishning bir yoki bir necha parametrlarini elektr (tok yoki kuchlanish), tovush, mexanik yoki optik signal ta’sirida vaqt yoki fazo bo'yicha berilgan qonu- niyatga ko‘ra o‘zgartirishdan iborat mazkur jarayonni optik nurla- nishni modulyatsiyalash jarayoni deb ataladi.
Yorug‘lik nurlanishini soddalik uchun yassi monoxramatik to‘lqin deb faraz qilinsa, uning vaqt va fazo bo‘yicha tarqalishi fizik optikadan yaxshi ma’lum bo'lgan quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
E(x, t)=Encos[2Tt(vt—x)n/Cox+(p o)]. * (6.1)
Bu tenglamadan ko'rinadiki, optik eltuvchini axborot signaliga mos ravishda modulyatsiyalash jarayonini yorug'lik to'lqinining amplitudasi, chastotasi, fazasi va qutblanish vektorining yo‘nalishini o‘zgartirish orqali amalga oshirish mumkin. Optik signal tola bo‘ylab tarqalib, so'ngra fotoqabulqilgichga tushadi. Zamonaviy fotoqa- bulqilgichlar yorug‘lik nurlanishini faqat intensivlik bo‘yicha qayd etadi. Shu sababdan intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash jarayo- nidan eng keng foydalaniladi. Boshqa turdagi modulyatsiyalash jarayonlaridan foydalanilganida, dastlab u yoki bu usulda modulya- tsiyalangan nurlanishni intensivlik bo'yicha modulyatsiyalangan signalga o'zgartirish talab etiladi.


* bunda E — yorug'lik to'lqini elektr maydonining kuchlanganligi; Emmazkur elektr maydon kuchlanganligining amplitudasi, v - tebranishlar chastotasi, t — vaqt, n — muhitning sindirish ko'rsatgichi, Co - yorug'likning vakuumdagi tezligi, x - nurlanishnig tarqalish yo'nalishi bo'yicha koordinata, (p 0 — tebranishlarning boshlang'ich fazasi.


182


www.ziyouz.com kutubxonasi


Modulatsiyalangan yorug‘lik nurlanishini olishning turli xil usullari mavjud.


Ulardan birinchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita modulyatsiya usuli bo'lib, unda yorug‘lik manbayi — yorug‘lik diodi yoki lazer diodi nurlanishining modulyatsiyasiga ulardan oqib o‘tadigan injeksiya tokini o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi (6.1-a rasm).
Tashqi modulyatsiya deb atalgan ikkinchi usulda yorag‘lik manbayidan tarqalayotgan o'zgarmas (modulyatsiyalanmagan) yorug‘lik oqimi maxsus qurilma — modulyator yordamida modulyatsiyalanadi (6.1-b rasm). Va nihoyat, agar tegishli modulyator bo'lsa, uni lazer rezonatoriga kiritish va shu tarzda ichki modulyatsiyani amalga oshirish mumkin (6.1-d rasm). Bundan ko‘rinadiki, ichki modulyatsiya mohiyat e’tibori bilan to‘g‘ri modulyatsiyaning bir turi hisoblanadi.





Boshqaruvchi
signal
a)



Boshqaruvchi
signal



Lazer rezonatori





Boshqaruvchi
signal




Download 1 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160




Download 1 Mb.