• Yorug‘lik nurlanishini modulyatsiyalashning fizik asoslari
  • Lazer diodi nurlanishini intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash jarayonining vaqt diagrammalari




    Download 1 Mb.
    bet81/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    6.3-rasm. Lazer diodi nurlanishini intensivlik bo‘yicha
    modulyatsiyalash jarayonining vaqt diagrammalari



    186


    www.ziyouz.com kutubxonasi


      1. Yorug‘lik nurlanishini modulyatsiyalashning
        fizik asoslari



    Optik eltuvchini tashqi usul bilan, ya’ni modulyatsiyalovchi qurilmalar yordamida modulyatsiyalash uchun elektrooptik, akustooptik, magnitooptik hodisalar, shuningdek, turli xil foto- effektlardan keng foydalaniladi. Elektrooptik hodisalar modada tashqi elektr maydoni ta’sirida optik anizotropiya (moda xususiyat- larining turli yo'nalishlarda farqlanish xususiyati) vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Natijada modaning dielektrik singdiruvchanligi, demak, sindirish ko'rsatkichi o'zgaradi.
    Elektrooptik hodisalar, odatda, moda bo‘ylab tarqalayotgan yorug'lik nurining ikkita nurga ajralishi hodisasi bilan birgalikda yuz beradi. Odatiy va noodatiy nurlar deb yuritiladigan bu nurlar turli tezlik bilan tarqaladi va turlicha qutblangan bo‘ladi. Agar bunday kristallarda o‘zaro perpendikulyar bo'lgan x
    va у yo‘na- lishlar ajratilsa, yorug‘likning sindirish ko‘rsatkichi bu yo‘na- lishlarning har birida, umuman olganda, turlicha bo'ladi. Kristall- ning bu yo‘nalishlari bo'yicha sindirish ko'rsatkichilarini ux, ny orqali belgilaylik. Sindirish ko‘rsatkichi har ikkala yo'nalish bo'yicha o‘zaro farqlanadigan bunday kristallar ikki o‘qli kristallar deb ataladi.
    x va и yo'nalishlar bo‘yicha optik jihatdan birjinsli, ya’ni n^ny~ny bo'lgan kristallar esa bir o‘qli kristallar deb ataladi. Bir o‘qli kristallarda odatiy yorug‘lik to'lqini uchun sindirish ko‘r- satkichi n=n* =ny, noodatiy to‘lqin uchun esa nn=nz ga teng bo‘ladi.
    Bu turdagi kristallarda yorug‘lik nurining z o‘qi bo‘yicha tarqalish choghda uning tezligi qutblanish holatiga bog'liq bo‘lmaydi. Agar kristalga yorug‘lik nurining tarqalish yo'nalishiga ko'ndalang yo'nalishda elektr maydoni qo‘yilsa, sindirish ko‘rsatkichlari nx va ny orasidagi tenglik buziladi va kristall ikki o‘qli bo‘lib qoladi. Natijada x va у o'qlari bo'yicha qutblangan yorug‘lik to'lqinlarining muhit bo‘yicha tarqalish tezligi ham bir-biridan farq qila boshlaydi. Y o‘qi bo‘ylab tarqalayotgan odatiy yorug'lik to'lqini uchun sindirish ko'rsatkichi elektr maydon kuchlanganligining ortishi bilan chiziqli tarzda o'zgaradi:


    187


    liljklltjijijljliijllji





    п^Е) = n^iE, (6.3)
    bunda г Pokkels elektrooptik doimiysi; E — elektr maydon kuchlanganligi; zi(| — sindirish ko‘rsatkichining maydon bo'lmagan holda, ya’ni E—Q bo‘lgan holdagi qiymati.
    Sindirish ko‘rsatkichining elektr maydon kuchlanganligiga proporsional tarzda o‘zgarishidan iborat hodisa chiziqli elektro­optik effekt yoki Pokkels effekti deb yuritiladi.
    Shunday qilib, tashqi elekr maydoni ta’sirida boshlang‘ich bir o‘qli kristall ikki o‘qli kristall xususiyatlarini namoyon etadi va sindirish ko‘rsatkichining o'zgarishi natijasida u optik jihatdan anizotrop bo‘lib qoladi. Yorug‘lik to‘lqini bunday kristall bo'ylab muayyan masofani o'tganida yorug‘lik to‘lqinining у va x yo‘nalish- lar bo'yicha tashkil etuvchilari orasida
    Дф = 2лл02г EL (6.4)
    ga teng faza farqi vijudga keladi.
    Nurlanishning kristall bo'ylab tarqalishi jarayonida turlicha qutblangan signallar orasidagi faza farqi o‘zgaradi. Natijada kirish va chiqish signallarining qutblanishi turlicha bo‘lib qoladi.
    Yorug'lik nurining tarqalish masofasi va bunga mos ravishda hosil bo‘lgan faza farqiga qarab, chiqish signalining qutblanishi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan tarzda o‘zgaradi.

    A(Pos

    0

    л/4


    Download 1 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lazer diodi nurlanishini intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash jarayonining vaqt diagrammalari

    Download 1 Mb.