|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 78/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)a)
Old kuchaytirgich
d)
Liniyaviy kuchaytirgich
5.11-rasm. Optik kuchaytirgichlarning tolali optik uzatish
tizimlarida qo‘Danish usullari:
old kuchaytirgich (a), liniyaviy kuchaytirgich (d), quwat kuchaytirgichi (b)
180
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi vaqtda 10 W va undan ortiq chiqish quwatiga ega bo‘lgan quwat kuchaytirgichlari mavjud. Biroq tolali optik aloqa tizimlarida chiqish quwati 1 W atrofida bo‘lgan quwat kuchay- tirgichlaridan foydalaniladi. Ularning shovqin koeffitsiyenti 6...7 dB ni tashkil etadi. O‘zida yuqorida ko'rib o‘tilgan 1 va 2 tur kuchaytirgichlaming xossalarini mujassamlashtirgan optik liniyada qo‘llashga mo‘ljallangan liniyaviy optik kuchaytirgichlar katta uzunlikdagi aloqa liniyalarida regenaratorlar o‘rtasidagi oraliq nuqtaga o‘rnatiladi. Ular, shuningdek, signalning optik toladagi so‘nishi yoki optik tarmoqlanish natijasida susayishini to‘ldirish maqsadida optik tarmoqlagichlar chiqishida joylashtiriladi. Liniyaviy optik kuchaytirgichlar signalni aniq tikiash zaruriyati bo‘lmagan hollarda optoelektron qaytargichlar o‘rnida ham ishlatilishi mumkin.
Nazorat savollari
Optik kuchaytirgich qanday asbob? Undan qaysi maqsadlarda foydalaniladi?
Optik kuchaytirgichlaming ish mexanizmi qanday fundamental fizik jarayonlardan foydalanishga asoslangan?
Optik kuchaytirgichlaming qanday turlari mavjud?
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning tuzilishi va ish mexanizmini tushuntiring.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlarini tavsiflang.
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning qanday xillari mavjud? Ularga qiyosiy tavsif bering.
Yorug‘likning Raman sochilishiga asoslangan optik kuchaytirgichning ish mexanizmini tushuntiring. Bu turdagi optik kuchaytirgichning afzallik va kamchiliklari nimada?
Yarimo ‘tkazgichli optik kuchaytirgichning tuzilishi va ish mexanizmini tushuntiring. Bu turdagi optik kuchaytirgichning afzallik va kamchiliklari nimada?
Yarimo'tkazgichli optik kuchaytirgich tolali optik aloqa tizimlarida qanday maqsadlarda qo'llaniladi?
Aralashmali tolali, Raman sochilishiga asoslangan va yarimo‘tkazgichli kuchaytirgichlaming xarakteristika va parametrlariga qiyosiy tavsif bering.
Optik kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti, kuchaygan spontan nurlanish quwati, shovqin omili kabi parametrlari uchun miqdoriy ' munosabatlar yozing va ularni tavsiflang.
Optik kuchaytirgichlarni tolali optik aloqa tizimlarida qo'llash usullarini tavsiflang.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |