|
Yorug‘lik nurlanishini to‘g‘ridan to‘g‘ri (a), tashqi (b) va ichki (d)
modulyatsiyalash usullari
|
bet | 80/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)6.1-rasm. Yorug‘lik nurlanishini to‘g‘ridan to‘g‘ri (a), tashqi (b) va ichki (d)
modulyatsiyalash usullari
Optik eltuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri modulyatsiyalash usulining ro'yobga chiqarilishi optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan yorug'lik manbalari — yorug'lik diodi va lazer diodining muhim xususiyat- laridan hisoblangan yetarli darajadagi tezkorlik va shu munosabat bilan ularda kechadigan fizik jarayonlarni elektr signali yordamida samarah boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan bog'liq. Bu hoi mazkur asboblarning ish jarayonini belgilovchi noasosiy zaryad
183
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashuvchilar yashash vaqtining kichikligi bilan tushuntiriladi. Chunonchi, hisoblashlarning ko‘rsatishicha, ko‘p modali lazerlar yordamida 400 Mbit/s tezlikli impuls — kodli modulyatsiyani yetarli darajada osonlik bilan amalga oshirish mumkin.
Bir modali lazer diodlaridan foydalanish esa, uzatish tezligini bir necha gigogerslargacha oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda 14 GHz va undan yuqori tezliklarda ishlovchi lazer diod- lari mavjud.
Spontan tabiatga ega bo‘lgan nomonoxromatik va nokogerent nurlanish manbayi bo‘lgan yorug‘lik diodlari uchun faqat ularni qo‘zg‘atish yo‘li bilan amalga oshiriladigan intensivlikni to‘g‘ridan- to‘g‘ri modulyatsiyalash usulidan foydalanish mumkin. Yorug'lik diodlarida nurlanish quwati ulardan oqib o'tadigan injeksiya tokining ortishi bilan chiziqli tarzda o‘zgaradi va uning qiymati faqat issiqlik effektlari bilan cheklanadi.
Yorug'lik nurlanishini analog va raqamli signallar ta’sirida modulyatsiyalash mumkin.
Yorug‘lik manbayi — yorug'lik diodi va lazer diodida analog elektr signali ta’sirida intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash jarayoni quyidagi tarzda ro‘y beradi: yorug‘lik manbayiga qo‘yilgan analog ko‘rinishdagi elektr signali nurlanish quwatining xuddi shunday qonuniyat bilan o‘zgarishiga olib keladi (6.2-rasm). Bunda yorug‘lik manbayining Po va Io parametrlar bilan belgilanadigan ishchi nuqtasi vatt-amper xarakteristikasi chiziqli bo‘lagining o‘rtasida joylashadigan qilib olinadi.
Modulyatsiya A ishchi nuqtada amalga oshiriladi va bu hoi uchun modulyatsiya koeffitsiyenti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
m = ( 4aks “ /min)/( 4aks-+4iin) = 41 V 4 =
= (6-2)
bunda IA — modulyatsiya signali tokining ta’sir etuvchi qiymati.
Analog signal ta’siridagi modulyatsiya jarayoni vatt-amper xarakteristikasining yuqori darajadagi chiziqliligini (garmonikalar amplitudasining kichikligini) talab etadi. Nochiziqli buzilishlarni kamaytirish uchun modulyatsiya chuqurligini kamaytirish (bu hoi qabul choghdagi signal/shovqin nisbatining pasayishiga olib keladi)
184
www.ziyouz.com kutubxonasi
6.2-rasm. Yorug‘lik manbayi — yorug‘lik diodi yoki lazer diodi intensivligining
analog elektr signali ta’sirida modulyatsiyalanisli jarayoni
yoki bu buzilishlarni kompensatsiyalashni amalga oshirish mumkin. Keyingi holda yorug'lik manbayi nurlanish xarakteristikasi nochi- ziqligini kompensatsiyalashning dastlabki buzilishlarni kiritish, faza modulyatsiyasi, yarim dastlabki buzilishlar va teskari manfiy bog'la- nish usullaridan foydalaniladi.
Yorug‘lik intensivligini raqamli signal ta’sirida modulyatsiya- langanida injeksiya tokining sakrab ortishi va nurlanishning boshla- nishi orasida kechikish vujudga keladi. 6.3-rasmda lazer diodi tokining sakrab ortishi va sakrab kamayishi bilan bog‘liq uzilish va ulanish jarayonlari aks ettirilgan. Tok sakrab ortganida awal U kuchlanish ortadi, keyin esa tk kechikish va Tort ortish vaqtlari bilan nurlanish boshlanadi. Tok uzilganda nurlanish intensivligi taxminan vaqt doimiysi т ga teng bo‘lgan eksponensial qonun bo'yicha kamayadi. Kuchlanish esa yanada sekinroq sur’at bilan kamayadi.
Raqamli modulyatsiyalash chog‘ida kechikish vaqtini kamay- tirish uchun lazer diodiga bo‘sag‘a tokiga mos kelgan kuchlanishdan kattaroq kuchlanish qo‘yish kerak. Bu holda kechikish vaqti faqat
185
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘sish va kamayish vaqtlari bilan aniqlanadi. Bu vaqtlar impuls davomiyligini eng kamida 2т qadar kengaytiradi. Shunday qilib, kechikish vaqti т ning qiymati lazer diodining chastotaviy xossala- rini belgilaydi.
|
| |