• LDlarning tavsiflari.
  • Yorug‘lik diodining volt – amper xarakteristikasi




    Download 456.68 Kb.
    bet4/9
    Sana10.01.2024
    Hajmi456.68 Kb.
    #133973
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u
    Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot-hozir.org, Multimedia, Kommutatsiya texnikasi, Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti 3-bosqich k I – 1-fayllar.org, Nazmiddin Sirojiddinov Rustem ogli Tarmoq Xavfsizligi Laboratoriya ishi-1- 021-20, Nazmiddin Sirojiddinov Rustem ogli Tarmoq Xavfsizligi Laboratoriya ishi-2- 021-20, Nazmiddin Sirojiddinov Rustem ogli Tizim va Signallarni Qayta ishlash Mustaqil ishi 021-20, Nazmiddin Sirojiddinov Rustem ogli Tizim va Signallarni Qayta ishlash 3-topshiriq ishi 021-20, 1NnHi4FxRlx7s0Ngr1GbbWm42kVcF1GtNXvbir6T (1), chala
    Yorug‘lik diodining volt – amper xarakteristikasi

    4.8-rasm. Yorug‘lik diodining volt – amper xarakteristikasi


    4. Lazer1 diodning xarakteristika Isa parametrlari.

    Lazer diodlar (LD) odatda uzoq masofali va yuqori tezlikli (155 Mbit/s dan yuqori) optik tizimlarida qo‘llaniladi.



    Iч

    LDlarning tavsiflari. LDlar nurlanish quvvati va uni tashqi injeksiya tokiga bog‘liqligi, nurlanishni yo‘nalganlik diagrammasi Ө va nurlanish spektri, xizmat muddati bilan tavsiflanadi. LD YoDga qaraganda tashqi injeksiya tokini katta qiymatlarida ishlaydi. Tashqi injeksiya toki Iu oshib, chegaraviy Ich qiymatga yetgach, generatsiya, qachonki tuzilishdagi yÿqotishlar kuchayishlarga teng bÿlganda yoki lazer effekti yuzaga keladi, ya’ni indutsiyalangan (majburiy) nurlanish hosil bo‘ladi. Nurlanish quvvatini tashqi injeksiya tokiga bog‘liqligini LDni vatt-amper xarakteristikasidan ko‘rish mumkin. 4.9-rasmda LD va YoDlarni vatt-amper xarakteristikalari ko‘rsatilgan. Kichik tok qiymatlarida LDda kuchsiz spontan nurlanish yuzaga keladi, u samarasiz yorug‘lik diodi sifatida ishlaydi. Yuqorida aytib o‘tilgandek, tok qiymati chegaraviy tok Ich qiymatidan oshganda nurlanish quvvati Rnur keskin oshib, kogerent majburiy nurlanish hosil bo‘ladi. LDning nurlanish quvvati 1-100 mVtni tashkil etadi [11].

    Lazer chegaralangan pik quvvatli nurlanish manbai hisoblanadi. Bu damlash tokining katta qiymatlarida quvvatning kamayib borishi bilan bog‘liq.


    Atrof muhit temperaturasi o‘zgarsa, vatt – amper xarakteristikasi suriladi (4.10 – rasm).


    4.10-rasm. Lazer diodning vatt-amper xarakteristikasining temperaturaga bog‘liq ravishda ÿzgarishi.

    Bu chegaraviy tok va chiqish quvvati qiymatlarining o‘zgarishiga olib keladi.


    Bu kamchilikni bartaraf etish uchun kompensatsiyalashning elektr sxemalari, shuningdek mikrosovutgichning ishini boshqaruvchi, termokompensatsiyalash sxemalaridan foydalaniladi.
    4.11 – rasmda LD optik nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasi ko‘rsatilgan.



    4.11-rasm. Optik nurning lazer dioddagi yÿnalganlik diagrammasi: a) parallel va perpendikulyar yuzalardagi nurlanish kengligi; b) ÿzaro perpendikulyar yÿnalishlarda nurlanish quvvatining burchakka bog‘liqligi.

    Rasmdan ko‘rinib turibdiki, lazer nurlanishining diagrammasi nosimmetrik. Quvvatning yarim sathida o‘lchanganda uning kengligi o‘tishga parallel yuzada 200 dan kichik va perpendikulyar yuzada 400 dan katta (4.11,a–rasm). 4.11,b–rasmda o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda nurlanish quvvatining burchakka bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
    Yo‘nalganlik diagrammasi ellips konus ko‘rinishiga ega. Generatsiyalanadigan nurlanishning yetarli katta yoyilganligi, uni kichik sonli aperaturali optik tolaga samarali kiritishga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun maxsus moslashtiruvchi qurilmalarni qo‘llash talab etiladi.
    Magistral aloqa liniyalari kabellari bir modali tolalardan iborat bo‘lgani uchun ham LDdan foydalanish kerak. Chunki YoDga qaraganda LDning nurlanishini yo‘nalganlik diagrammasi tor. Bu nurlanishni tolaga kiritishni osonlashtiradi [1]


    Download 456.68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 456.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorug‘lik diodining volt – amper xarakteristikasi

    Download 456.68 Kb.