5.2. Bir modali lazerlar
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘p modali lazerlarda nurlanish spektrining kengligi dispersiya qiymatini oshishiga olib keladi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun bir modali lazerlardan foydalanish talab etiladi. Bir modali lazerlarda modani o‘zini nurlanish spektri tor bo‘lib, Δλ=0,1-0,4 nm ni tashkil etadi (4.13,b-rasm). Bundan tashqari, agar bir modali lazer to‘g‘ri sozlangan bo‘lsa, unda birinchi yon moda asosiy modadan juda bo‘lmaganda 30 dB ga past bo‘lishi mumkin [6].
5.2.1. Taqsimlangan teskari aloqali
yarim o‘tkazgich lazerlar
Taqsimlangan teskari aloqali yarim o‘tkazgich lazer diodi (TTA-LD, DFB) Fabri-Pero yassi rezonatorining takomillashgan turi bo‘lib, ularning ikki qatlami o‘rtasida (odatda n-InP va r-InGaAsP qatlamlari o‘rtasida) davriy difraksion panjara joylashgan bo‘ladi (4.14-rasm).
Bu bilan sindirish ko‘rsatkichlarining davriy bir turda emasligi hosil qilinadi, bu esa to‘lqin tarqaladigan aktiv soha qalinligini davriy o‘zgarishiga olib keladi.
Injeksiya toki
7.14-rasm. Taqsimlangan teskari aloqali yarim o‘tkazgich lazer.
Teskari aloqa rezonatorlar yuzasi uzunligi bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi. Difraksion panjara qadami bilan aniqlanadigan, qayd etilgan to‘lqin uzunliklaridagina teskari aloqa hosil bo‘ladi, ya’ni faqatgina panjara davridan qisqa bo‘lgan, faqatgina yuqori quvvatli, qisqa spektrli asosiy modalar nurlanadi [4]. Difraksion panjara diod ichida joylashgan bu turdagi lazerlarni ishlab chiqarish texnologiyasi murakkabdir.
5.2.2. Taqsimlangan Bregg kÿzguli lazerlar
Taqsimlangan Bregg kÿzguli lazerlarda (TBK-LD, DBRlazerlar) difraksion panjara aktiv sohadan tashqarida joylashtiriladi (7.15-rasm) [1].
7.15–rasm. Taqsimlangan Bregg kÿzguli lazer.
Taqsimlangan teskari aloqali yarim o‘tkazgich lazerlarga nisbatan bunday lazerlarda yagona asosiy modani generatsiyasi odatiy xoldir. Bunday tuzilishli lazerlarda xattoki yuqori tezlikli modulyatsiyada ham modalarni birdan o‘zgarishi kuzatilmaydi, aksincha faqatgina bitta asosiy moda hosil bo‘ladi. Bu esa taqsimlangan Bregg kÿzguli lazerlarni bir modali optik tolalarda va kanallari to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan uzatish tizimlarda nurlanish manbai sifatida ishlatilishiga qulaylik yaratadi [4].
|