• Namunaviy topshiriqlar
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet109/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Namunaviy topshiriqlar


    O’yinchoq fil, jirafa, sher, xo’roz, hayvon va qushlarning o’ziga yoki rasmiga qarab haykallarini ishlash.
    Kompozitsion faoliyat (17 soat)
    a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)
    Atrof-muhitda ro’y berayotgan voqea va hodisalarni kuzatish; kompozitsiya ishlashda detallarni asimmetrik joylashtirish, uning muvozanatini saqlash qoidalariga rioya qilishga o’rgatish; rangtasvirda asosiy bo’laklarni bo’rttirib ko’rsatishga o’rgatish (Rang, shakl, yorug’-soyalar yordamida ajratib ko’rsatish va boshqalar); elementar tarzda chiziqli va havo perspektivasi qoidalaridan foydalangan holda rasm ishlashga o’rgatish; rangtasvirda jo’shqin harakatni, quvonchli kayfiyatni, mayus ob-havoni turli vositalar (ranglar, shakllar) yordamida ifodalay olishga o’rgatish.
    Namunaviy topshiriqlar
    "Mehmonlar me’morchilik yodgorliklari oldida", "Bahor keldi", "Tog’larning bahorgi ko’rinishi", "Navro’z bayrami" (jamoa ishlari), "Poyga", "Yomg’irli kun", "Sport o’yinlari", "Vertolyot uchib keldi", "Hindcha raqs", “Oltin fasl”, “Qovun sayli”, “Shum bola” mavzusida rasm ishlash.
    b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
    Dekorativ bezak ishlarini bajarish orqali ijodiy qobiliyatlarini o’stirish; o’zbek xalq amaliy san’ati bilan keng tanishtirish hamda dekorativ ishlarda foydalanishga o’rgatish; qalam va bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o’stirish; ertak, hikoya, masallar asosida illyustrasiyalar ishlaganda tasvirlanayotgan naqshlarning ma’no jihatdan uzviy bog’liqlikda tasvirlashga o’rgatish; turmushda ranglarning tutgan o’rni va ularning kishi ruhiyatiga, kayfiyatiga ta’siri haqidagi tushunchalarini kengaytirish, tasviriy san’at asarlarida tasvirlangan voqea-hodisalarning ta’sirchan chiqishida ranglarning ahamiyati to’g’risida nazariy ma’lumotlar berish; havo perspektivasi haqidagi tushunchalarni kengaytirish; ranglarning iliq va sovuq, to’q va och tuslarini o’z o’rnida qo’llash haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

    Namunaviy topshiriqlar


    O’zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan doira, to’g’ri to’rtburchak shaklida naqsh namunalaridan ko’chirish. "8-mart" bayramiga bag’ishlab tabriknoma tayyorlash; "Sehrli gilamcha" mavzusida applikatsiya ishlarini bajarish. O’zbek xalq ertaklaridan "Ur to’qmoq", "Susambil" va "Vafodor it" hikoyalari asosida rasm ishlash.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.