|
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi
|
bet | 110/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриv) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
Haykaltaroshlik kompozitsiyasini ishlaganda undagi detallarni o’zaro bog’langan holda tasvirlashga o’rgatish; xalq hunarmandlari kabi o’yinchoqlar yasash va bezashga o’rgatish, dekorativ relef ishlash malakalarini rivojlantirish; hajmli dekorativ o’yinchoqlarning haykallarini badiiy bezashda mo’yqalam va bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o’stirish.
“Afsonaviy dev”, “Poyga”, “Xokkey o’ynayotgan bola” mavzusida (jamoa bo’lib va shaxsiy) haykallar ishlash.
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at
asarlarining ro’yhati:
A. Abdullaev “Shahlo” portreti; A. Mirzaev “To’y”; J. Umarbekov “Qo’shiq”; A. Mirsoatov “G’azalkent chiroqlari”; Z. Inog’omov “Kuz”; O’. Tansiqboev “Chorvoq qurilishida”; J. Quttimurodov “Sohibjamol”; T. Muhamedov "Uch og’a ini botirlar", "Namaki" ertaklariga ishlangan illustrasiyalar; Q. Basharov “O’zbekistonning qo’shiq va o’yinlari”, “Hosil bayrami”; M. Nabiev “Zahiriddin Muhammad Bobur” portreti; R. Choriev “Oq tulporlar”; B. Jalolov “Ibn Sino”; I. Haydarov “O’zbekiston kuzi”; A. Boymatov “Abu Ali Ibn Sino”; M. Musaboev “Mirzo Ulug’bekka o’rantilgan yodgorlik”; D. Gorlov. I.Yefimov, A. Komarov, V. Vatagin, L. Kazbekovlarning qush va hayvonlarni tasvirlovchi rasmlari.
5-sinf
1 - CHORAK (9 soat)
Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari
Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari, qalam tasvir-badiiy ijod asosi sifatida, oq-qora grafikaning tasviriy-ifodaviy vositasi, hajm-haykaltaroshlik asosi, rangtasvir xususiyatlari.
2 – CHORAK (7 soat)
Tasviriy san’atda tabiat tasviri
San’atning mohiyatini anglash tasviriy faoliyatning asosidir,
rangtasvirda manzara, grafikada manzara, tasviriy san’atda animalistik janr.
3 - CHORAK (10 soat)
Buyumlar dunyosiga munosabat
Rangtasvirda natyurmort, grafikada natyurmort, natyurmort-rangtasvir kartinalarining bir qismi sifatida.
|
| |