|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 108/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастури
Yaqin atrofdagi qurilishlar, ferma va paxtani qayta ishlash korxonalaridagi turli ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi mehnat jarayonlarini idrok etish.
San’atni idrok etish (2 soat)
San’atni idrok etish mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat: tasviriy san’at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika), rangtasvir asarlarining asosiy janrlari (manzara, natyurmort) bilan tanishtirish; bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish; tasviriy san’atni sevish va uni qadrlashga o’rgatish; tasviriy san’at asarlariga nisbatan sezgirlikni o’stirish va ular haqida mustaqil fikrlar bildira olishga o’rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Tasviriy san’at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) haqida suhbat. Rangtasvir janrlari (manzara, natyurmort) haqida suhbat. Haykaltaroshlik turlari (haykal, relef), Grafika (rasm, plakat, illustrasiya) tasviriy san’atning bir turi. Qishloq joylardagi "bahorgi va kuzgi ishlar" mavzusida suhbat o’tkazish va boshqalar.
Naturaga qarab tasvirlash (12 soat)
Naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
a) Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)
Bolalar e’tiborini narsalarning simmetrik tuzilishiga, shakliga, ranglarning go’zalliklariga jalb etgan holda savodli rasm ishlash malakalarini takomillashtirish; bo’yoqlarning murakkabroq aralashmalari va turlicha rang tuslaridan foydalanishga o’rgatish; bolalarning o’z tasviriy imkoniyatlariga yarasha narsalarning soya va yorug’ qismlarini, bo’yoqlarning och va to’q tuslari yordamida ifodalay olishga o’rgatish; narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlarini hamda o’lchov nisbatlarini aniqroqroq tasvirlay bilishga o’rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Kuzgi gullar, gullayotgan daraxt shoxchasi, qovun, anor, choynak, piyola o’yinchoq-toychoq kabilarni o’ziga qarab alohida yoki guruh shaklida rasmlarini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (5soat)
Tasvirlanayotgan narsalarning shakli, tuzilishi, hajmi va o’lchov nisbatlarini his etish hamda ularni asliga yaqinlashtirgan holda tasvirlay olishga o’rgatish; loy, plastilin kabi materiallar bilan ishlash malakalarini yanada o’stirish; tasvirlanayotgan odam, hayvon, qush haykallarini yaxlit yoki alohida-alohida loy (yoki plastilin) bo’laklaridan ishlash yo’llarini o’zlashtirish; odam, hayvon va qushlarni harakatdagi rasmini to’g’ri tasvirlashga o’rgatish.
|
| |