|
Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
|
bet | 138/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриCholg`u asboblarida ijro etish va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
Chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib, musiqa ohangiga ritmik jo`r bo`lish («Oftob chiqdi olamga»).
«Mi, Fa, Sol, Lya» notalari ifodasida aytim mashqi yaratish va kuylash. Kuyga raqs harakatlarini topib, raqs tushish. Sinf konsertiga qatnashish.
3-CHORAK (10 soat)
Mavzu: «Ansambl va uning turlari. Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi?»
Musiqa tinglash
1. «Qor uyini» I.Akbarov musiqasi
2. «Qashqarcha» O`zbek xalq kuyi.
3. «Shohi so`zana» A.Muhamedov musiqasi.
4. «Halinchak» (Bolalar hori va cholg`u dastasi).
5. «Farg`onacha» O`zbek xalq kuyi.
6. «Shodmon» O`zbek xalq kuyi.
7. «Bog`larga bahor keldi» O`zbek xalq kuyi.
8.«Olmani otdim» (2 janr) O`zbek xalq kuyi.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «Navro`zim sho`x sozim» X.Raxmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
2. «Arg`imchoq» K.Rahim she`ri, J.Najimiddinov musiqasi.
3. «Kapalak va kamalak» N.Narzullayev she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
4. «Uxlab turdim» F.Nazarov musiqasi, I.Muslimov she`ri.
5. «Buvijonim» Y.Suyunov sheri, D.Omonullayeva musiqasi
Musiqa savodi
Do-Lya bosqichlarining nomlari va ularning nota yo`liga joylashuvini bilish. Shu oraliqdagi tovushlar notasiga qarab kuylash. Majorning asosiy bosqichlarini qo`l harakati ifodasida kuylash.
Tonikasi tushirib qoldirilgan kuy parchalarining tonika tovushlarini topib, qo`shiq kuylash. Musiqaning ifoda tili-kuy, dinamik tuslar. Repriza. Naqorat va kupletning farqini bilish. CHORAK, nimCHORAK nota, ularning cho`zimini bilish.
Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqaviy-ritmik harakatlarni bajarish
Chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib, musiqaga jo`r bo`lish. («Qashqarcha», «Olmani otdim», «Yulduzlar»).
Musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlari ( «Olmani otdim», Fabrika»), musiqada uyin ifodalarini ( «Inoq o`ynaymiz») bajarish.
|
| |