|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 54/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриAmaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning laklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash isitish usularini o`rganish.
“Servis xizmati” yo`nalishi
Pazandachilik asoslar (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya gigiyena talablari. Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbek milliy oshxonasining o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi. Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to`g`rash usullaridan foydalanib, salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish qoidalari.
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: Kartoshka bo`tqasini tayyorlash.
Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezash. Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash. Ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar. Yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartib, qoidasi. Sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. “Tvorogli”, “Murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.
Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
|
| |