|
Shakllantiriladigan bilimlar
|
bet | 57/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриShakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi va texnikasiga oid tushunchalar. Tuproqqa ishlov berish, o`g`it solish, urug` ekish, ko`chat ekish, o`simliklarni parvarish qilish va hosilini yig`ishtirishda foydalaniladigan qishloq xo`jalik mashinalari, uskunalari, ishlash jarayonlari.
Amaliy mustaqil ishlar: tuproqqa ishlov beradigan, o`g`it soladigan, urug` ekadigan, ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish mexanizmlari va moslamalari.
Qishloq xo`jaligi mashinalari (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi mashinalarning turlari va asosiy qismlari.
Amaliy mustaqil ishlar: yerga ishlov beruvchi mashinalarning ishchi qismlarini sozlash qoidalarini o`rganish.
Chorvachilik asoslari (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va boshqa uy hayvonlarini parvarish qilishga doir boshlang`ich ma`lumotlar.
Amaliy mustaqil ishlar: uy hayvonlarini parvarish qilish. Parrandachilik, qo`ychilik va qoramolchilik fermalaridagi ish jarayonlari bilan tanishish.
Elektrotexnika ishlari (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.
|
| |