|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 56/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриAmaliy mashg`ulot: Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi asosida “Qiyiqcha” tikish texnologiyasi. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar chizish va qiyiqchaga tushirish. Kashtachilikda ishlatiladigan choklardan namunalaridan tikish. Qiyiqchani bichish va tikish. Milliy qo`g`irchoq turlari va tikish texnologiyasi. Qo`g`irchoqni andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish va bichish. To`qish usullaridan namunalar. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. To`qish choklarini o`rganish. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat
Amaliy mashg`ulot: Choklari so`kilgan turli buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi.
“Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi
Qishloq xo`jalik asoslari (60 soat)
O`simlikshunoslik (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligi moddiy oziq-ovqatlar yetishtirishning asosiy sohasi. Yer qishloq xo`jaligining asosiy omili. Dehqonchilik va chorvachilikni uyg`unlashtirish istiqbollari. Mahalliy hududda yetishtiriladigan ekinlar va ularning turlari. Ekin navlari va ularning hosildorligi, urug`chilik, ko`chat tayyorlash asoslari. Urug`larning sifatini aniqlash usullari. Ekilgan urug`ning unib chiqish tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar. Turli ekinlarni parvarish qilish qoidalari.
Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy qishloq xo`jalik ekinlari ro`yxatini tuzish. Ularning urug` va ko`chatlarini tayyorlash, ekish va parvarish qilish qoidalarini o`rgatish. Tuproqqa ishlov berish va o`g`itlash texnologiyasi.
Qishloq xo`jaligi asbob-uskunasi va unda foydalanish (20 soat)
|
| |