|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 59/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриAmaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanadigan detal eskizini chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish. Materialni tejamli sarflashni rejalash. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini o`rganish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (40 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochning fizikaviy xossalari. Yog`och turlarining xususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo`yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari.
Amaliy mustaqil ishlar: yog`och-taxta materiallarining turlari va xususiyatlarini aniqlash. Yog`och asosli yarimtayyor (yarimfabrikat) mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash. Yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni rejalash, o`yish, asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari. Qo`l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri foydalanish usullarini o`rganish. Asboblarni sozlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish(6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari, unda bajariladigan jarayonilar. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik. Ulardagi harakat uzatish mexanizmlar kinematikasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalarini o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash (sabzavotlarni to`g`rash taxtasi, egovga dastak yasash va x.k.). Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo aloqalar. Yog`ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
|
| |