|
Shakllantiriladigan bilimlar
|
bet | 61/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриShakllantiriladigan bilimlar: sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi. Qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari.
Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: sut va sut mahsulot turlari. Sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma`lumot. O`zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar va parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish.
Amaliy mashg`ulot: qatiq, suzma, brinza, tvorog, qurt tayyorlash tartib qoidalari. Yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa”, “Qatlama” pishirish. O`zbek milliy (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Sut va sut mahsulotlaridan parxez taomlar tayyorlash.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (48 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi. Jun va ipak tolalarning xossalari.
Amaliy mashg`ulot: jun va ipak gazlamalarning xossalarini aniqlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: furnitura haqida umumiy ma`lumot. Ilgaklar, halqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash. Taqilma turlari.
Amaliy mashg`ulot: “Molniya” taqilmasini tikish.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi. Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish. Tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish.
|
| |