|
Shakllantiriladigan bilimlar
|
bet | 65/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриShakllantiriladigan bilimlar: Sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish. Shtangensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari. Nonius bilan hisoblash. O`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish.
Amaliy mustaqil ishlar: Sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash. Metallga ishlov berish asboblari turlari haqidagi ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish.
Stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Charxlash usullari. Tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruksiyalash elementlari (kesish, qirqish, arralash, teshish, pardozlash, bo`yash). Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (38 soat)
Umumiy tushunchalar (6 soat)
Shakllantiradigan bilimlar: Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari. Yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar. Yog`ochni quritish va saqlash qoidalari. Yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochlar va ularga ishlov berish materiallarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash.
|
| |