18
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sharoitida innovatsiyalar
Special Issue | 2022
SYNERGY: JOURNL OF ETHICS AND GOVERNANCE
Special Issue | 2022
ISSN: 2181-2616
“OQ KEMA” asari tahlili
Salimmurodova Dilafruz
Ajiniyoz otidagi Nukus davlat pedagogika instituti psixologiya yònalishi 1-kurs
"Oq kema" asarining muallifi bu qirg'iz xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovdir. Chingiz Aytmatov
Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tavallud topgan. Qirg'iz
adabiyotining yorqin
namoyondasi Chingiz Aytmatov o'z asarlarida xalq rivoyatlari va qissalaridan juda o'rinli
foydalangan adibdir.Qirg'iz xalqining insoniy fazilatlari, urf-odatlari yozuvchining mashhur
asarlarida hikoya qilinadi.Bu asarlar jumlasiga biz "Oq kema"
qissasini kiritsak,hech ham
mubolag'a bo'lmaydi.
"Oq kema" - ilk bor 1970- yil "Noviy mir" jurnalida chop etilgan. "Oq kema bir nechta yilga,
jumladan, o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Bu asar jonli tasvir va hikoyachilik jihatidan o'quvchi
diqqatini butkul o'ziga tortadi.
"Insonni tug'ish va o'stirish qanchalar qiyin, o'ldirish esa oson". Ch.Aytmatovning "Oq kema"asari
samimiyligi bilan kitobxon e'tiborini jalb qiladi. Bu qissada insoniy go'zallik, ezgulik va hayot
ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. Bu asarda bir bolaning o'y-xayollari,
otasiga bo'lgan sog'inchi, uning baliqqa aylanib qolishini istashi-yu, Oq kemaga-otasining huzuriga
borib uni kirishga bo'lgan ishtiyoq kabilar bayon etiladi. "Oq kema" asarida bolaning o'y-fikrlari
shunchalik hissiyotga
boy tarzda tasvirlanadiki, go'yo o'zimizni o'sha vaziyatga tushib qolganday
his etamiz. Bu asar zamirida chuqur ma'no mujassam. Qissada oila masalasiga ham e'tibor
qaratilgan. Misol uchun, bolaning yolg'izligi, o'z otasiga sog'inchi, O'rozqulning farzandsizligi,
Mo'min cho'l iztiroblari. Oq kema asaridagi obrazlar timsolini xuddi hayotda bo'lgan va bo'layotgan
inson haqiqatlariga qiyoslayman. Bola beg'ubor qalbga o'xshaydi. U yomonliklarni va qabihlikni
ko'rsa nafratlanadi, kirlanadi, o'lib boradi. Masalan, bolaga Shoxdor ona bug'u haqida rivoyat aytib,
o'zlarining bosh bo'g'ini
deya ishontirib, og'ir vaziyatlarda qabiladoshlarini faqat Ona bug'ugina
asray oladi, deya ta'kidlagan Mo'min chol o'z qarashlariga qarshi chiqib Ona bug'uni ovlab, ziyofat
qilayotganidagi Bolaning ahvolini tasavvur qiling. Naqadar dahshatli manzara!.. Endi asardagi
ramzlarga e'tiborimizni qaratsak, Oq kema - to'kislik, diydor ramzi. Bolaning o'ylashicha, Oq
kemada
dadasi kapitan, matros bo'lib ishlaydi. Shuning uchun bola baliqqa aylanib, Oq kemaga
borishni xayol qilardi. Mo'min
chol -mehnatkash, aqlli inson tanasi. Unda oliyjanob fazilatlari
mavjud, biroq har doim ham to'g'ri yo'ldan yura olmaydi. Bunga sabab esa qizining farzandsizligi.
Bola qalbi naqadar beg'ubor, samimiy bo'ladi, eng muhimi bola hech qachon aldamaydi. Chingiz
Aytmatovning bu qissasi Issiqko'l bo'yida yashovchi 7 yoshli
yetim Bolaning sof qalbi, olami,
sodda dunyoqarashim va haqiqatgo'yligi haqida hikoya qiladi. Bola o'z olamida yashardi, uni hech
kimga ziyoni yetmasdi. U bobosi Mo'min cholning samimiy ertaklariga ishonardi. Bobosi aytib
bergan Shoxdor Ona bug'u haqidagi ertakni o'z hayotiga bog'liq holda tasavvur etardi. Hayot qizig'-
a?!.Kimlardir tirnoqqa zo'r, ayrim kimsalar esa farzand deb atalmish ne'matning qadriga yetmay,