|
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sharoitida innovatsiyalarZamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sharoitida innovatsiyalar
Special Issue | 2022
undan voz kechadilar. Bu ikki qarama-qarshilik asarda yonma-yon tasvirlangan. Boboning to'ng'ich
qizi necha yillardan buying farzandsizlikdan aziyat chekayotgan bo'lsa, kichik qizi o'z ko'z-
qorachig'idan voz kechib bolasini tashlab ketadi. Eng qizig'i, bunday insonlar hayotda ham
uchraydi.
Asarda Bolaning ismi ham keltirilmagan, ammo bola obrazi xolisona tasvirlangan. Bola qanchalar
muloyim va sodda bo'lganini his qilsak bo'ladi. Balki ota-onasiz o'sganligi uchun shunday
bo'lgandir. Uning yolg'iz bobosi Mo'min cholgagina muhabbati, mehri bor edi. Boshqa bolalar
tengdoshkari bilan o'ynasa, suhbatlashsa bizning qahramonimiz esa portfel va durbinni o'ziga
suhbatdosh deb bilardi. Sirlarini ularga aytar,bu buyumlarni atrofidagi insonlardan yaxshi deb
bilardi. Hattoki, Seydahmad ustimdan kulganda ham bola portfel bilan ovunib, portfel bilan
suhbatlashadi. Eng yaqin do'sti esa shiroljinlar edi. Bolaning yig'lagisi kelsa o'sha daraxt tagiga
borib yig'lardi. Bolaning supurgio'tlarga rahmi kelardi. U uchun eng quvnoq gular bu-pechakgullar.
Eng birinchi dushmani esa chaqirtikanak. Ko'ryapsizmi, bola dunyosining naqadar samimiyligini.
Bu asarni o'qigan saying zavqing oshib boraveradi. Bobosini juda hurmat qilardi. Lekin bu
munosabat oxirigacha bormadi. Asardagi Mo'min chol obrazini "ikki o't orasida qolgan obraz"
deyish mumkin. U nabirasini butub borlig'i bilan yaxshi ko'radi, ardoqlaydi. Shu bilan birga
qizining baxtsiz bo'lib qolishidan qo'rqadi, uning azob chekishini xohlamasdi. Shu sababli Mo'min
chol bug'uni o'ldirishga majbur bo'ladi. Balki shu bilan qizining baxtsizligiga barham bermoqchi
bo'lgandir. Asarning eng ta'sirli nuqtasi bu bug'uning nobud bo'lgani va bolaning by dunyoda hech
kimga ishonchi qolmagani edi.Uning oxirgi umidi sinadi,ya'ni bobosining ham bu ishda qo'li
borlig'i bo'lami bu muhitni tark etishga undaydi. Qaysidir ma'noda bola orzusiga erishmoqchi
bo'ladi. U baliqqa aylanib qolmoqchi, bu chirkin manzaradan uzoqqa, o'zining oppoq Oq kemasi
yoniga ketmoqchi bo'ladi. Lekin afsuski, hayot bunday beg'ubor bolaning orzusini ro'yobga
chiqarishga ojizlik qildi. Uni abadiy yo'qlikka olib ketdi.....
Bola dunyoqarashi kattalar olamidan keskin farq qiladi. Bolalar dunyoni boshqacha ko'z bilan
ko'rishadi.Kattalar dunyoda ko'rib yurganlaridan kelib chiqib fikrlasa,bolalar o'z orzulari og'ushida
fikrlaydilar.Asar qahramoni bola ham shu istaklar olamida barcha jonsiz narsalarni o'ziga jonli
dardkash Deb hisoblaydi.Bolaning birgina aybi uning yetimligida edi.U bobosining mehriga
to'ymas edi.Mo'min cholning ertagidagi bir fikrga e'tibor qarataylik:Inson insonni urug'ini quritar
ekan.Ma'noga e'tibor beraylik,bu bilan yozuvchi insonning dushmani ,kushandasi bu faqat inson
ekanligini Mo'min chol va O'rozqul obrazida anglatgan.Yana asarda insonlarning tabiatga
shavqatsizlarcha munosabati aks ettirilgan.Bir zamonlar odam bolasini boqib olgan,o'limdan
qutqargan bug'u avlodi shavqatsizlarcha o'ldiriladi.Yana bunga butun umr bo'yi bug'uga sig'inib
yurgan Mo'min chol ham majburlanadi.
Nima uchun bit murg'akkina bola bo'lgan gunoh,savobni "KATTALAR" bilmaydi yoki ba'zi
insonlar shunchalar adolatsiz bo'lishdimikin,nega nohaqliklar son - sanoqsiz ,adolat esa faqat
Parvardigor huzurida.Bu o'rinda Erkin Vohidovning she'ridan parcha keltirsam:
"Qilding-u oyda xirom,har yerda qon to'kding harom,
Ushbu holingdan mudom xandon o'zing,giryon o'zing"...
(Erkin Vohidov)
Bolalik-baxtli davr.Bola eshitgan ertaklarini hayotiga,hayotini ertakka aylantirishni orzu qilardi.U
ezgulikka tashna edi,lekin uni bolaning o'gayligini bot-bot takrorlaydigan buvisidan yoki O'rozqul
va Bo'key xoladan emas, balki til-zabonsiz gul-u tosh va Oq kemadan topdi.Uning jajjigina,pok
qalbini qanchadan qancha O'rozqullarni bag'riga olgan dunyo sig'dirmadi.Xuddi Ekzyuperining
kichkina shahzodasi kabi u ham odamlarni.olamni tark etdi.1970-yilda yozilgan mazkur asarni
|
| |