|
O‘qish i-chorak
|
bet | 4/20 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 275,5 Kb. | | #259967 |
Bog'liq 4-sinf.NI-4-NI
Mavzu: Nutq. Matn.
O`quv materiali: Darslik (90-mashq)
Maqsad: O’quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay olish bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Bayon
Reja:
Kuz keldi.
Kuz ob-havosi
Kuz noz-ne’matlari
5-NI
Mavzu: Tovushlar va harflar.
O`quv materiali: Kitob-oftob.
Maqsad: O`quvchilarning tovushlar va harflar bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Izohli diktant
Kitob- bilim manbai
Biz kitobni juda sevamiz. Bo‘sh vaqtimizda har xil ertak va hikoyalar o‘qiymiz. Maktabimizda “Kitob–bilim manbai” mavzusida kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechamiz ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlandi. Kutubxonachi Sevara Karimova Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’ruza qildi. O‘quvchilardan Gulcherhra Nizomova, Nodir To’laganov, Ma’mura Bo‘tayeva va Jasur Yo‘ldoshevlar Navoiy asarlaridan, she’r va rivoyatlar o‘qib berdilar. She’rni ayniqsa, Ma’mura Bo’tayeva juda ta’sirli o‘qidi. Kecha bizda juda katta taassurot qoldirdi. (72 so‘z)
Topshiriq: Birinchi gap nechta so`zdan iborat? “Kitob” so`zida nechta harf va tovush bor?
5- NAZORAT ISHI
Mavzu: Ot so'z tukumi.
Nazorat shakli: Diktant.
Kulol bobo
Hayotda bir hunar emas, bir necha hunarni egallagan odam baxtlidir. Qadim zamonda kulolchilik hunarini bilganlar juda e’zozlangan ekanlar. Chunki u vaqtlarda idish-tovoq hozirgidek serob emas ekan-da.
Rahim bobo degan keksa odam kulolchilikda mashhur ekan. Ular yasagan ko'zalar, laganlar, guldonlar qo'ying-1 chi har bir asbob shunday chiroyli, bejirim va foydalanish uchun qulay ekan,
Aslida bu hunarni egallash, uning qiyinchiliklariga! bardosh berish qiyin kechadi.
Sopol buyum yasash uchun avval tuproq olinib, loy qoriladi. So‘ng ipi yasalib, shakl beriladi. Buning uchun maxsus asbob bo‘ladi. Rahim bobo murakkab bu ishni qunt va chidam bilan sifatli bajaradilar.
Rahim bobo ko‘p shogirdlariga o‘zlarining hunarlarini o‘rgatganlar.
Shuni aytadilar-da: «Hunar — hunardan unar» deb.
|
| |