|
-NI
Mavzu:Ot yuzasidan takrorlash
O`quv materiali
|
bet | 6/20 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 275,5 Kb. | | #259967 |
Bog'liq 4-sinf.NI-8-NI
Mavzu:Ot yuzasidan takrorlash
O`quv materiali: Ahillik
Maqsad: O`quvchilarning otlarning birlik va ko`plik, egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi, ot yasovchi qo`shimchalar yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalarini va kompetensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Izohli diktant
Ahillik
Irodaning ko‘nglidagi g‘ashlik tarqaldi. Nuqul jamoani orqaga tortib yuradigan Ergashev Abror o‘z saflariga qaytdi. Iroda bunga osonlikcha erishgani yo‘q. Xatto Irodani chaqimchi deb atashdi. Voqea bunday bo‘lgan edi. Ergashyev Abror odatdagidek matematikadan “ikki” oldi. Jamoa raisi bo‘la turib Choriyeva Iroda bu holga befarq qaray olarmidi? O‘sha kuni Abrorlanikiga bordi. Dilidagi gaplarni onasiga to‘kib soldi. Onasi Gulshod opa o‘g‘lining bu mehribon do‘stiga rahmat aytib, Abrorni qattiq uyaltirdi. Mana matematika o‘qituvchisi Zulfiya opa Abrorning kundalik daftariga birinchi marotaba “besh” baho qo‘ydi. (80 so‘z)
Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari:
Bilim:
- ot - soz turkumini;
-shaxs va narsa otlarining imlosini;
-otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini;
-otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishini;
-otlarning kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanishini;
- ot yasovchi qo`shimchalarni;
- ketma- ket kelgan bir xil undoshlarni.
Ko`nikma:
- otlarni ma`nosi va so`roqlariga ko`ra boshqa turkumlardan farqlash;
- otlarni ma`nosi va so`roqlariga ko`ra ajratish;
-shaxs va narsa otlarini farqlash;
- ko`plikda otlarni to`g`ri yozish;
- egalik qo`shimchalarini to`g`ri yozish;
- kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish;
- ot yasovchi qo`shimchalarini to`g`ri yozish;
-so`zlarni bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish;
-gaplarni, ism va familiyalarni bosh harf bilan yozish.
Malaka:
-shaxs otlarini bosh harf bilan yozish;
-narsa otlarini kichik harf bilan yozish;
-so`zlarni husnixat bilan yozish.
|
| |