Uchinchi funksiyasi, xo’jalik subyektlari pul hisob - kitoblarini amalga




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Uchinchi funksiyasi, xo’jalik subyektlari pul hisob - kitoblarini amalga 
oshirish 
hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlari kun 
davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz
pul ko’rinishida) amalga oshiradi.Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu 
o’tkazmalar jo’natuvchidan oluvchiga etib boradi. Shuningdek, banklar pul 
o’tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit 
liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob - kitoblarni amalga 
oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi. 
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank 
iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi o’zaro muvozanatlikni 
ta’minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyatsiya 
darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. Shu bois 
ham Markaziy bank o’zining pul - kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun 
zarur bo’lgan to’lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.Ikkinchi funksiyasi, 
korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 
kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarni 
aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar 
ishlab chiqarish jarayonini modyernizatsiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini 
takomillashtirish, qo’shimcha aksiyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga 
oshirishda qo’shimcha moliyaviy mablag’larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo’jalik 
yurituvchi subyektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish 
funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda 
kreditning 
tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik, 
qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo’jalik yurituvchi subyektlarga 
tijorat asosida taqdim etadi. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uchinchi funksiyasi, xo’jalik subyektlari pul hisob - kitoblarini amalga

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish