Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jalb qilish, jamg’arish va ushbu mablag’larni kapitalga aylantirish funksiyasi. Banklarning juda qadimiy funksiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyat dagi
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’zlariga jalb qiladi va
ushbu mablag’larni samarali yo’nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan
tashqari turli investicion fondlar, moliya - sanaot korxonalari ham pul mablag’larini
jalb qilish va jamg’arish bilan shug’ullanadi, biroq ularning pul mablag’larini jalb
qilish va jamg’arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning
itiyorida bo’lgan mablag’larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul
mablag’lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shahslarning
mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka
bog’liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash . Bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy
nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarni aylanma mablag’larga bo’lgan
ehtiyojini oshiradi. Hususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini
modyernizasiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish,
qo’shimcha aksiyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda
qo’shimcha moliyaviy mablag’larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo’jalik yurituvchi
134
subyektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funksiyasi
orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda kreditning
tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik, qaytarishlik va
maqsadlilik) amal qilgan holda xo’jalik yurituvchi subyektlarga tijorat asosida
taqdim etadi.