132
1. Banklarning funksiyalari o’rganish mezonlari.
2. Banklarning funksiyalari
Tayanch so’z iboralar:
Banklarning mohiyat ularning funksiyalarida yana ham yaqqolroq namoyon
bo’ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi.
Shu bois ham banklarning mohiyatni yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali
holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy
adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik
holatlari mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar
bajaradigan operatsiyalar
ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu yerda bank faoliyati natijasida ular
tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni
ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo’la
olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko’rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan
iqtisodiy kategoriya bo’lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to’lov
aylanmasi,
kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish,qimmatli qog’ozlarni
saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko’rinishda horijiy valyutani sotish va sotib
olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning
funksiyalari sifatida ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda
banklarning qimmatbaho metallar va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar
berish, xo’jalik yurituvchi subyektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi,
kreditlash uchun resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning
funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning
pul - kredit siyosatini
amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning
imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi
banklarning funksiyalari bo’lib hisoblanmaydi.
Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning har - bir operatsiyasini ularning
funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo’lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq
funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo’ladi.
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar nuqtai
nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so’z yuritish lozim.
Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o’rganishda
ularni quyidagi mezonlariga
e’tibor qaratish lozim:
1.
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sector ishtirokchilari o’rtasida
iqtisodiy munosabatlar;
2.
banklarning tashkiliy - huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi
(Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar).
Banklarning funksiyalari to’g’risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni e’tibordan
chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari ularning
mohiyatni kengroq
ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning
funksiyasi sifatida ta’kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy institutlarning
xususiyatlariga xos bo’lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina xos bo’lgan
133
iqtisodiy kategoriya bo’lishi lozim.
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo’sh pul
mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning
funksiyasi bo’la oladimi, degan savol tug’iladi. Markaziy bankda tijorat banklarining
majburiy zahiralari jamg’ariladi, banklarda esa aholi va
mijozlarning vaqtinchalik
bo’sh pul mablag’lari jamg’ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni
jamg’arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda asosiy
masala shundan iboratki, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jamg’arish faqatgina
banklarga xos bo’lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani
jismoniy shahslar yoki
boshqa yuridik shahslar ham amalga oshirishi mumkin. Chunki, har qanday subyekt u
yoki bu obyektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy
mablag’larni jamg’arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq yondashadigan
bo’lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar
bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan quyidagi xolatlarda
namoyon bo’ladi:
1.
banklar pullarni jalb etganda o’z pullarini emas,
balki begona
shahslarning mablag’larini jamg’aradi;
2.
banklar jamg’argan mablag’larni o’zining ehtiyoji uchun emas, balki
boshqa shahslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida).
Banklarning funksiyalari hususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan yiroq
ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini qo’llab -
quvvatlaymiz.