141
shaxslar yig’ilgan boyliklar-pullar samarasiz, harakatsiz yotganini tushunishar va
agar mavjud mablag’larning hech bo’lmaganda bir qismini bo’lsa ham vaqtinchalik
foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. Shunday qilib,
asosida pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to’lash
shartlari bilan berish
yotgan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo’lgan. Bunda garov sifatida uylar,
kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul qilingan.
Bir bankir, aniqrog’i pulni saqlab beruvchi xizmatlaridan bir-biri bilan o’zaro
xisob-kitoblar bilan bog’langan bir necha shaxslar foydalanish mumkin bo’lgani
uchun, asta-sekin mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko’rsatish operatsiyalariga
ehtiyoj paydo bo’la boshladi. Dastavval ular quyidagicha amalga oshirilar edi. Har
bir omonatchi pulni saqlab beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o’z
hisob varaqasiga ega bo’lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim)
aks ettirilar edi. Butun operatsiyani pulni saqlab beruvchi-bankir omonatchining
og’zaki yoki yozma buyrug’i bilan amalga oshirar edi. Bunda mos o’zgarishlar
o’zaro hisob kitoblarda ishtirok etuvchi shaxslar jadvallariga kiritilar edi.
Bu eng
sodda xizmatlar naqd pulsiz hisob-kitoblarning dastlabki shakllarini tashkil qilgan.
Barcha yuqoridagi operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo’lgan va
keyinchalik ular biz bank deb nomlashga odatlangan bir xil tashkilotlar
chegaralarida birlashganlar. G’arbiy Evropada oddiy ayirboshlash idoralaridan bank
uylariga o’tish jarayoni 16-17 asrlarda ro’y berdi.
Ko’pchilik iqtisodchilar bank mohiyatni ssuda (kredit) operatsiyalarida
ko’rishga moyildirlar. Shuni hisobga olish kerakki,
har bir davlatda bank
faoliyatining qonuniy tariflarining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Shunday qilib,
bank ishining asrlik an’analariga ega Angliyada 1979 yilda banklar to’g’risida
yangi qonun qabul qilindi. Unda “bank” atamasining ta’rifiga alohida e’tibor
berilgan. Britaniyalik qonun chiqaruvchilar bank ta’rifini ancha soddalashtirganlar,
ya’ni ular bank deganda Angliya Davlat Banki bank deb tan olgan har qanday
kompaniya tushunilishi mumkinligini qayd etganlar. To’g’ri, o’z navbatida Angliya
Banki Jahon tajribasi nuqtai nazaridan umum tan olingan bank xususiyatlariga ega
bo’lgan mezonlarni o’rnatgan. Xususan, bank maqomiga da’vo qiluvchi kompaniya
omonatlar
qabul qilayotgani, kreditlar berayotgani, eksport-import moliya
operatsiyalarini amalga oshirayotganligi,
valyuta ayirboshlayotganligi, investitsion
xizmat ko’rsatayotganligi va moliya bilan bog’liq masalalar bo’yicha maslahatlar
berayotganligini isbot qilishlari ham kerak.
Uzoq yillar davomida Jamiyat ning rivojlanishi va unga mos tovar-pul
munosabatlarining o’sib, takomillashib borishi banklarning
operatsiyalari va
ko’rsatadigan xizmatlari ko’lamining kengayib borishiga, jamiyat a’zolarining
pulga bo’lgan talabining oshib borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik
shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a’zolarining
pul mablag’lariga bo’lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy
jihatdan
o’sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar o’rtasida ular bajaradigan
funksiya va operatsiyalar ko’lami taqsimlana borgan, ya’ni davlat nomidan, davlat
142
manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat ko’rsatuvchi banklar va alohida jamiyat
a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo’nalishni ham o’zida
mujassamlashtirgan banklar (oxirigisiga Sobiq Sovetlar
davridagi Davlat bankini
kiritish mumkin) shakllana borgan.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo’lib, ikki pog’onali
bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari
tarmog’ini o’z ichiga oladi.