143
Markaziy bank banklarning banki sifatida
bank va moliya muassasalari
faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko’pchilik moliya
institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan
muammolar yuzaga
kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o’z majburiyatlarini bajara olmay qolgan
holda moliyaviy sarosima paydo bo’lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal
qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini
ikkinchi pog’ona - tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank
majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi.
Markaziy bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to’lovga
qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar
manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi
yordamida amalga oshirilib tijorat banklari pog’onasiga etkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o’tkazish yo’li bilan muomaladagi pul massasi
ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyatsiya, ishsizlikning past darajasini
ta’minlash va iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda
Markaziy Bank emission
bank vazifasini bajaradi, ya’ni
muomalaga pul
belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo’ladi.
Markaziy bank yana tijorat banklari o’rtasidagi hisob-kitoblarni olib
borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog’onasi - bu xalq xo’jaligi va aholiga xizmat
ko’rsatishda bosh bo’g’in bo’lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog’idir. Ular
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit
operatsiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko’rsatish hamda boshqa turli bank
xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, Shvetsiyada Davlat banki 40ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat
qiladi,xolos, AQSh da 13 mingga yaqin tijorat banklari mavjud, Shveytsariyada esa
har 10 ming aholiga bittadan moliya muassasasi to’g’ri keladi. Rossiyada 1995 yil
boshiga kelib, Rossiya Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga
oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan 2486 ta tijorat banki qayd qilingan.
1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi
butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini
bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham
respublikamizdagi bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini
yaratish zaruriyati tug’ildi.
Mustaqillikka erishilgunga qadar O’zbekiston bank muassasalari sobiq Ittifoq
bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq “Ittifoq”
bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko’rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi
banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR qurilish banki va
SSSR Tashqi savdo bankini
va Davlat Mehnat omonat-jamg’arma kassalarini o’ziga olardi. Sobiq Ittifoq bank
tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo’lib, u bir vaqtning o’zida emissiya
instituti, qisqa
muddatli kreditlashtirish, xo’jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari
144
bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya funksiyalarini,
ham hisob-kitoblar va kreditlar bo’yicha mijozlarga xizmat ko’rsatish
funksiyalarini bajarishga monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat
organiga aylantirgan edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan
usulidan voz
kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo’yilishi
bilanoq markazlashtirilgan bank tizimining
qator kamchiliklari
ro’yobga chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub o’zgarishlarni amalga oshirishni talab
etardi
.
Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda
bank tizimining tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy
tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy
dastaklarga aylantirish ko’zda tutilgandi.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi davlat bankining yangi
tuzilmasini tashkil etish bilan boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni
o’z ichiga oladi:
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va
bevosita xo’jaliklarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
-
ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini
moliyalashga o’tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan
kredit munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus
ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilishi banki, Kommunal qurilish va sotsial
taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg’arma
banki toshkil qilinib xo’jaliklar bilan banklar o’rtasidagi aloqalari tobora
yaqinlashtirildi, ixtisoslashtirilgan davlat banklari o’zlarida ma’lum darajada
boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini
tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi kredit-pul siyosati sohasidagi asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat qilib qo’yildi:
-Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy
banklarni o’zida mujassamlashtirgan ikki bosqichli bank tizimini vujudga
keltirish,
respublika hududida yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini
ochish uchun qulay sharoit yaratish;
-barqaror pul muomalasini ta’minlash;
-kredit va naqd pul massasining asossiz o’sishini keskin cheklash;
-O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarini yaratish va boshqalar.
Shunday qilib, O’zbekistonda Mustaqil bank tizimini yaratishning