• Kredit mablag’larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi hisoblanadi
  • Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi hisoblanadi
  • To’lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to’rtinchi




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/153
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #252922
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153
    Bog'liq
    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    To’lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to’rtinchi 
    funksiyasi hisoblanadi
    . Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar 
    o’rtasida to’lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. 
    Banklar orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag’lari 
    o’tadi, bank ular o’rtasida to’lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa sifatida 
    vositachilik vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi orqali nafaqat 
    pullarni bir xo’jalik yurituvchi subyektdan ikkinchisiga o’tkazadi, balki 
    iqtisodiyotdagi moliyaviy kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o’tishini nazorat qilib 
    boradi va ushbu tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Kredit mablag’larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi 
    hisoblanadi
    . Ta’kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga 


    135 
    ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish 
    Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul 
    massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini 
    ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani samarali 
    bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va 
    inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi.Demak, tijorat banklari kredit pullarini 
    muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi 
    doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o’zgarishiga 
    tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi 
    mavjuddir. 
    Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi 
    hisoblanadi
    . Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan 
    qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarga o’zlarining 
    huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy 
    maslahatlarni beradi. Albatta,ushbu maslahatlar mijoz va bank o’rtasida tuzilgan 
    tegishli shartnomalar yoki o’zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 
    Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohiyatni va bajaradigan 
    operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funksiyalari turli 
    iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy-iqtisodiy 
    hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda 
    yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi . 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to’rtinchi

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish