Tayanch so’z iboralari:
Pul tizimi,tamoyillar
,
talab,taklif, pul
birligi baho masshtabi.
O’zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar
bo’yicha o’z mustaqil tizimiga ega bo’lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul
tizimimizning tarixi to’g’risida to’xtalmoqchimiz.
Ba’zi manbalarda keltirilishiga qaraganda, O’rta Osiyoda birinchi pullar
Iskandar Zulqarnayn davrida miloddan avval 261 - 250 yillarda chiqarila
boshlangan.O’zbekiston Respublikasi zaminida, ya’ni Buxoro davlatida birinchi
metall pullar zarb qilingan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida
savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug’doy va qog’oz material ishlatilgan.
Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700 yillarda zarb qilingan. Bu
pullar kumush tangalar bo’lib, Buxoro davlati shohi Kana Buxoro xudot
tomonidan chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo’lgan toza kumushdan zarb
qilingan. Tanga o’rtasida shohning tasviri va uning atrofiga Qur’on oyatlaridan
yozilgan. Bu kumush pullar “dirham”deb atalgan. Buxoro xudot 40 yil davlatni
boshqargandan keyin, taxtga xalifa Abu Bakr Siddiq o’tirgan. Abu Bakr,
keyinchalik shoh Horun ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror
bo’lib, savdo ko’proq dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham
o’zining kumush tangalarini muomalaga kiritgan. Lekin aholi ko’proq dirhamlar
bilan savdo olib borishni afzal ko’rgan. Dirhamlarga bo’lgan talabning oshishi,
Buxoro davlatining ko’pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda
dirhamlarning juda yuqori proba va sifatga ega bo’lishi asta - sekinlik bilan
ularning muomaladan yo’qolishiga olib kelgan.
801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini
barqarorlashtirish maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va
mis, har xil metall qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu
pullar xalq orasida “gidrifi”lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga
qaraganda sifati past va kumush temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda
bo’lgan. Bu pullar aholi orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning
uchun davlat oldingi pulga nisbatan yangi kumush gidrifining majburiy kursini
belgilab qo’ygan, ya’ni 6 gidrifi 1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan
soliq va to’lovlarni faqat gidrifida olishni joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga
tenglashtirishga erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to’lovlarni faqat
gidrifida to’lashni joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70
gidrifiga, 1 gidrifi tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda
Mahak Qasrida zarb qilingan.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo
42
bo’lgan metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha
bo’laklarga bo’linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko’rsatganki, rus
davlatida IX-X asrda savdoda qo’llanilgan dirhamlar 40 bo’lakka bo’linib, har bir
kumush bo’lakchasi pul birligi sifatida ishlatilgan. Keyinchalik rus davlatiga,
Yevropa davlatlariga metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina
Kiyev knYazi Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari “grivni”zarb qilingan.
X
asrning o’rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida
Buxoro davlati maydoni kengayib hozirgi O’rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha
maydonini o’z ichiga olgan va u uch hamda undan ortiq Yevropa mamlakati
maydoniga teng kelgan.
Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga
Yana sifatli kumush tangalar - dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar
muomalada donalab va og’irligi o’lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa
davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush
tangalar Yevropa va Rus davlatiga oqib o’tgan va biz yuqorida ta’kidlaganimizdek,
Rus davlati bu dirhamlarni bo’laklarga bo’lib, pul birligi sifatida muomalada
ishlatgan.
XI
asrda somoniylar davlatidan turklarning o’rin olishi pul
muomalasini ham o’zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy
elementi sifatida saqlanib qoldi.
XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, keyinchalik Temuriylar
davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko’plab zarb qilingan.
Shayboniyxon davrida (1507 yilda) pul islohoti o’tkazilib, cheklangan miqdorda
muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar
chiqarilgan. Oltin tangalar “tillo”, kumush tanga “tanga”, mis tanga “dinor”deb
nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo’lib “pul”deb
nomlangan.
Temuriylar davrida “amiri”dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning
vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo’lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini
kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan.
O’zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda
Buxoroda o’tkazilgan pul islohotidir. Bu islohot shoh Ubaydullaxon tomonidan
o’tkazilgan bo’lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda
kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo’lgan va ular davlatning urush
bilan bog’liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush
tanganing og’irligi 1 misqolga teng bo’lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga
4 ga bo’linib, endi to’rt kumush tanga zarb qilingan va ularni har birining vazni 1
misqolga teng bo’lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi
pullar “yaxshi” va “yomon”pullarga bo’lingan. 1 misqol 24 nuxudga
tenglashtirilgan, Ya’ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng
bo’lgan.
Ubaydullaxon o’tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi
43
kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va
undan keyin amaliyotda qo’llanilgan emas. Bu to’g’rida quyidagi jadval
ma’lumotlariga murojaat qilishimiz mumkin.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan
Ubaydulla - Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati
tushib borgan.
|