46
ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi.
Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy
instrumentlari sifatida
majburiy zahiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati,
ochiq bozordagi
operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi.
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish
. Pul oboroti
o’z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob - kitoblarni oladi.
Iqtisodiyotda
amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob - kitoblar
ulushiga to’g’ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi
va nazorati Markaziy bank
tomonidan amalga oshiriladi.Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish
usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o’rnatiladi. Pul tizimining
mustahkamligi va uning barqarorligiga quyidagi turli omillar ta’sir qiladi:
a). Mamlakat Markaziy bankining pul - kredit siyosatini amalga
oshirishdagi mustaqilligi. Ko’pchilik hollarda
Markaziy bank pul - kredit
siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va taziyqi natijasida milliy
valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat
bank tizimiga aholining
ishonchi pasayib kyetadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo’lib,
Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul -kredit siyosati o’zining tegishli
samarasini bermaydi.
b).
Xo’jalik
yurituvchi
subyektlarning
moliyaviy
barqarorligi
va
raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab
chiqarilayotgan tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul
tizimining barqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor
munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o’rtasida
iqtisodiy integratsiyani
rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib
borilayotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa,
mamlakatda importuning hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa
o’z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.