O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Oltin quyma standarti 
sharoitida banknotalar davlat tomonidan 
o’rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti 
sharoitida muomalada oltin tangalarning to’lov vositasi sifatida harakati va erkin 
zarb qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zahiralariga 
boy bo’lgan AQSh, Angliya, Fransiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko’ra 
muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga 
almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo’yildi. Masalan, 
Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to’g’ri kelar edi. Ushbu 
quyilmani olish uchun 1700 funt styerling zarur edi. Franciyada bir quyilma 12,7 
kg bo’lib, ushbu quyilma 215 ming franka baholanar edi.Katta miqdorda oltin 
zahiralariga ega bo’lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Gyermaniya, Daniya, 
Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti 
joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin 
almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida 
bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog’liqligi vujudga keldi. 
1929 - 1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi natijasida 
oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to’xtatdi, AQSh 
dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab 
xalqaro va mahalliy hisob-kitoblarda qog’oz - kredit pul tizimi faoliyat yurita 
boshladi. Ushbu tizimning o’ziga hos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: 

oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‗htatildi, 
bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki 
va tashqi oborotdan chiqib zahira sifatida saqlanadigan bo’ldi; 

banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz 
pul belgilari chiqarildi; 

pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob - kitoblar egallay 
boshladi; 

davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, 
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish