53
davri asosan XVI -XVII asrlarga to’g’ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866
yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini
oltinga nisbati rasmiy belgilab qo’yildi. Unga ko’ra, o’sha paytda kumush va oltin
o’rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o’rnatildi. XIX asrning o’rtalarida ushbu
tenglik o’rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va
kumush
tangalar
muomaladan
chiqib,
boylik
jamg’armasini
bajara
boshladi.Jamiyatda tovar - pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy -
iqtisodiy Yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini
ko’rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi.
Monometallizm
pul tizimi sharoitida - bitta qimmatbaho metal (oltin va
kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul
timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan
boshqa pul belgilari (hazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib
kela boshladi.
Xalqaro valyuta - kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda
to’liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy ro’l o’ynadi. Oltin
standartining rivojlangan davri 1880 - 1914 yillarga to’g’ri keladi. Monometallizm
o’z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o’z ichiga olar edi.