O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Oltin tanga standarti 
tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat 
bozorlarida oltin to’lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin 
pulning barcha funksiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi 
talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo’lgan oltin tanglar 
―avtomatik ravishda‖ jamg’armaga yo’naltirildi, muomalada qo’shimcha to’lov 
vositasiga ehtiyoj tug’ilganda ular jamg’armadan muomalaga qaytariladi. Oltin 
tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali 
tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo’lgan 
talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zahiralari hajmidan sezilarli darajada 
ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda 
ma’lum darajadagi oltin zahiralarini shakllantirish zaruriYatini keltirib chiqardi. 
Oltin tanga standartining asosiy hususiYatlari quyidagilardan iborat 
edi: 

oltin tangalarni qat’iy o’rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb 
etish; 

o’zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash; 

oltinning mamlakatlar o’rtasida erkin ayirboshlanuvi; 

oltin pulning barcha funksiyalarini bajarishi. 
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy harajatlarni vujudga 
kelishiga sabab bo’ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash 
maqsadida muomalaga qog’oz pullarni emissiya qildi. Bu o’z navbatida birinchi 
jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni 
qog’oz pullarga almashtirish va horijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqilab 
qo’yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga 


54 
qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma 
standarti joriy etildi. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish