62
PMVTVSOAT
- pulning muomila va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish
tezligi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish
rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar
bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi
muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi
ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga
teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur
bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xom
cho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular:
-Iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa,
shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
-
naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
-
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga
putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi
tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga yoki pul tanqisligiga
(yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va
qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni xo’jalikning pulga bo’lgan
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi.
Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu aylanmada xo’jalikka kerak bo’lganidan
ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligi
xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.