O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
Pul massasi va pul agregatlari 
Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi 
xo’jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 
muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining Yalpi hajmini o’zida 
ifodalaydi. 
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va 
jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o’z 
ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi”- “qariyb pullar”deb 
ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi 
mumkin. 
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy 
o’zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o’sish 


63 
suratlarini tartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil 
ko’rsatkichlar (pul agregatlari) dan foydalaniladi. 
Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga 
qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan. Moddiy 
ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko’p 
zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning likvidliligi 
vaqt bilan o’lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun qanchalik kam 
vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Naqd pullar mutloq 
likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur bo’ladigan vaqt nulga 
tengdir. 
Muomaladagi naqd pullar 
M
o
 
agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, 
g’azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud 
bo’lsa) va metall tangalardan iborat bo’ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda 
kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. Ularni 
keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo’l qo’ymaslik uchun odatda arzon 
metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing real qiymati nominal 
qiymatidan birmuncha pastroq bo’ladi. 
M
o
agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul bazasi tarkibiga tijorat banklarining 
markaziy bankdagi majburiy zaxiralari kiradi. M
o
agregatining tarkibiga tijorat 
banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari rasman kirmaydi. 
M
o
agregatiga kamroq likvidli mablag’larni izchillik bilan qo’sha borish bilan M
1

M
2
, M
3
... MN gacha bo’lgan agregatlar olinadi. 
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o’ziga xos 
xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish 
darajasiga bog’liqdir. 
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo’lib, bunday elementlar pul 
massasining holatini baholash jarayonida qo’llaniladi va uni tartibga solish 
uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi. 
Ushbu pul agregatlari asosan to’lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki 
boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda, har bir agregat nominal 
raqamga ega bo’ladi. Raqamning o’sib borishi bilan ushbu agregat yordamida 
hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi. 
Shunday qilib, katta sonli koeffitsientli agregat kichik indeksli (raqamli) 
agregatlarda hisobga olingan barcha pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Faqat 
muomalada bo’lgan naqd pul mablag’larini hisobga oladigan M
o
pul agregati o’z 
ma’nosi va mohiyatga ko’ra birinchi bo’lib hisoblanadi. 
M1 
- muomaladagi naqd pul mablag’lari (Ya’ni, M
o
agregati), korxonalarning 
hisob-kitob, 
joriy 
va 
maxsus 
hisobvaraqlaridagi 
mablag’lari, 
sug’urta 
kompaniyalari 
mablag’lari, 
aholining 
tijorat 
banklaridagi 
«talab qilib 
olingungacha»hisobvaraqlaridagi depozitlari. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish