64
M 4
- M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar.
Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning
belgilanishi turli
mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o’z holicha mamlakat
to’lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg’armalar
hajmlari,
shuningdek, ushbu jamg’armani amalga oshirishda qo’llanilgan vositalarning
sonli ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga
imkon beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko’maklashadi.
Pul
massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsientini hisobga olish
yordamidagi
hisob-kitob
eng
namunali
hisob-kitobdir.
Monetizatsiya
koeffitsienti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi
darajasi yoki tovar
aylanishining to’lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday
koeffitsient M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo’lgan
xorijiy valyutadagi depozitlarning YAMI hajmiga o’zaro nisbati sifatida hisoblab
chiqiladi. Ushbu koeffitsientni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga M2
agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o’z ichiga oladigan M4 pul
agregatini qo’yish qulayroq bo’ladi. Ushbu koeffitsient
mohiyat idealda birga
teng bo’ladi. Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo’l
qo’yilishi mumkin mohiyatlar deb hisoblanadi.
Naqd pullar tijorat banklaridan chiqib yana tijorat
banklariga qaytadi va
doimiy aylanishda bo’ladi. Naqd pullarning tijorat bankidan chiqib yana tijorat
bankiga qaytib kelish harakati ularning doiraviy aylanmasi deyiladi.
Tijorat
banklari faqat muomaladan vaqtincha ortiqcha bo’lgan va muomalaga yaroqsiz
naqd pullarni Markaziy bank muassasalariga topshirishadi.
Naqd pullarning
Markaziy bankdan tijorat banklariga chiqishi muomalaga pul chiqarish, ya’ni
Markaziy
bankning emissiya operatsiyasi, tijorat banklaridan Markaziy bankka
qaytib kelish harakati