• Monetizatsiya
  • M 2  - M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.  M 3




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/153
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #252922
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153
    Bog'liq
    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    M 2 
    - M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari. 
    M 3 
    - M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va 
    obligatsiYalari. 
    M 4 
    - M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar. 
    Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli 
    mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o’z holicha 
    mamlakat to’lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg’armalar 
    hajmlari, shuningdek, ushbu jamg’armani amalga oshirishda qo’llanilgan 
    vositalarning sonli ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy 
    holatini belgilashga imkon beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda 
    ko’maklashadi. 
    Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot Monetizatsiyasi koeffitsientini hisobga olish 
    yordamidagi hisob-kitob eng namunali hisob-kitobdir. 
    Monetizatsiya 
    koeffitsienti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki tovar 
    aylanishining to’lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday 
    koeffitsient M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo’lgan 
    xorijiy valyutadagi depozitlarning YAMI hajmiga o’zaro nisbati sifatida 
    hisoblab chiqiladi. Ushbu koeffitsientni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga 
    M2 agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o’z ichiga oladigan M4 pul 
    agregatini qo’yish qulayroq bo’ladi. Ushbu koeffitsient mohiyat idealda birga 
    teng bo’ladi. Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo’l 
    qo’yilishi mumkin mohiyatlar deb hisoblanadi. 
    Naqd pullar tijorat banklaridan chiqib yana tijorat banklariga qaytadi va 
    doimiy aylanishda bo’ladi. Naqd pullarning tijorat bankidan chiqib yana tijorat 
    bankiga qaytib kelish harakati ularning doiraviy aylanmasi deyiladi. Tijorat 
    banklari faqat muomaladan vaqtincha ortiqcha bo’lgan va muomalaga yaroqsiz 
    naqd pullarni Markaziy bank muassasalariga topshirishadi. Naqd pullarning 
    Markaziy bankdan tijorat banklariga chiqishi muomalaga pul chiqarish, ya’ni 
    Markaziy bankning emissiya operatsiyasi, tijorat banklaridan Markaziy ba nkka 
    qaytib kelish harakati 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M 2  - M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.  M 3

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish