O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 


70 
8 - Mavzu

Naqd pul aylanmasi va uning xususiyatlari 
Reja: 
 
1. Naqd pullar aylanishi. 
2. Pul massasi agregatlari. 
3.Mamlakatimizda naqd pullar aylanishining o’ziga xos xususiyatlari.
 
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 
rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu 
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar 
bahosiga to’g’ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi 
muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi 
ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga 
teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun 
zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. 
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi 
xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng 
foydalaniladi.Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun 
quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: 
-Iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, 
shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi; 
-
naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; 
-
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish 
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga 
putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi 
tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga yoki pul 
tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni xo’jalikning pulga bo’lgan 
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. 
Amaliyotda ko’proq uchraydigan xol bu aylanmada xo’jalikka kerak 
bo’lganidan ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - 
pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish