O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
Pul massasi va pul agregatlari 
Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi 
xo’jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 
muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida 
ifodalaydi. 
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va 
jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o’z 
ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi”- “qariyb pullar” 


71 
deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga 
aylanishi mumkin.Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri 
uchun miqdoriy o’zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va 
o’sish suratlarinitartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli 
xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) dan foydalaniladi. 
Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga 
qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan. Moddiy 
ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko’p 
zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning 
likvidliligi vaqt bilan o’lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun 
qanchalik kam vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Naqd pullar mutloq likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur 
bo’ladigan vaqt nulga tengdir. 
Muomaladagi naqd pullar 
M
o
 
agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, 
g’azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud 
bo’lsa) va metall tangalardan iborat bo’ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda 
kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. Ularni 
keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo’l qo’ymaslik uchun odatda arzon 
metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing real qiymati nominal 
qiymatidan birmuncha pastroq bo’ladi. 
M
o
agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul bazasi tarkibiga tijorat 
banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari kiradi. M
o
agregatining 
tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari rasman 
kirmaydi. 
M
o
agregatiga kamroq likvidli mablag’larni izchillik bilan qo’sha borish bilan M
1

M
2
, M
3
... MN gacha bo’lgan agregatlar olinadi. 
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o’ziga xos 
xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish 
darajasiga bog’liqdir. 
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo’lib, bunday elementlar pul 
massasining holatini baholash jarayonida qo’llaniladi va uni tartibga solish 
uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi. 
Ushbu pul agregatlari asosan to’lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki 
boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda, har bir agregat 
nominal raqamga ega bo’ladi. Raqamning o’sib borishi bilan ushbu agregat 
yordamida hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi. 
Shunday qilib, katta sonli koeffitsientli agregat kichik indeksli (raqamli) 
agregatlarda hisobga olingan barcha pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Faqat 
muomalada bo’lgan naqd pul mablag’larini hisobga oladigan M
o
pul agregati o’z 
ma’nosi va mohiyatga ko’ra birinchi bo’lib hisoblanadi. 
M1 
- muomaladagi naqd pul mablag’lari (Ya’ni, M
o
agregati), korxonalarning 
hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi mablag’lari, sug’urta 
kompaniyalari mablag’lari, aholining tijorat banklaridagi «talab qilib 


72 
olingungacha»hisobvaraqlaridagi depozitlari. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish