Tanganing kumush miqdorining o’zgarib borishi




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
Tanganing kumush miqdorining o’zgarib borishi 
 
Yillar 
Tangadagi 
kumush miqdori - 

 


1608-1610 
90 
 


1615-1623 
80 
 


1617-1678 
70 
 


1699-1700 
35 
 


Ubaydullaxon 
davrida 
22,5 
 
Qariyb yuz yillardan keyin, XVIII asr o’rtalarida Muhammad Rahimxon 
davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri 
XIX asrni boshlariga kelib, Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega 
bo’lgan. Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar 
qo’liga o’tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O’ra tepa, Jizzax, Samarqand, 
Kattaqo’rg’on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o’tgan. Buxoro amiri 
Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo’lib 
o’zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib 
borgan. O’sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo 
Rossiyaning 6 rubl’ 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - 
(mira) 4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko’proq 
kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha 
o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo’qonda, 
keyinchalik, Buxoroda o’z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush 
tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan 
ko’ra kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklariga amirga to’laydigan 
soliq va boshqa to’lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan 
ko’ra, kredit biletlarda olib kelish arzon va oson bo’lgan. Shuning uchun 
kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar 
qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi 


44 
zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan. 
Buxoro tangasi 84 foizli probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush 
tangasidan ancha sifatli bo’lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir 
necha rus tangasi zarb qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda 
keltirgan. Hisob-kitoblarni olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar 
bo’lgani uchun Rossiya davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga 
birlashtirish to’g’risidagi masalani qo’ygan. Rossiya Moliya vazirligi tomonidan 
Buxoro davlati pulining loyihasi ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 
15 kopeekka teng bo’lib, uning bir tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri 
ikkinchi tomonida Buxoro davlati 
belgisi, tasviri, bo’lishi kerak edi. Lekin Buxoro amirining xizmati tufayli bu ish 
amalga oshmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o’zining pul birligini 
saqlab qolgan. Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishi natijasida XX 
asrning boshlarida Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik 
sovznaklar, “Turkbon”lar, chervonetslar muomalada bo’lgan. 20-yillarining 
o’rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl’ 
pul birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikacha pul muomalasi shu pul 
birligida olib borilgan. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tanganing kumush miqdorining o’zgarib borishi

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish