45
Pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1.
pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2.
pul birligi;
3.
baho masshtabi;
4.
pulning turlari;
5.
pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6.
pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7.
mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Pul birligi
. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va
me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar
asosida belgilab qo’yilgan pul belgilari mamlakatda Yagona to’lov vositasi
vazifasini bajaradi. Mamlakat
pul massasi o’rtasidagi o’zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy
maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Iqtisodiyotda muomalada bo’lgan pul birligi o’zining nomiga ega bo’ladi. Milliy
valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan,
AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt styerling, Xitoyda yuan va boshqalar .
Baho masshtabi
- bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir,
pulning o’ziga xos bo’lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi.Muomalada oltin va
kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy
valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni,
qog’oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan.
1971- 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va
qog’oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy
valyutaning baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda horijiy valyutalarga
nisbatan talab va taklif asosida aniqlanadigan bo’ldi, ko’pchilik mamlakatlar
milliy valyutaning qiymatini aniqlashda dunyoning etakchi valyutalari hisoblangan
AQSh dollari, yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi.