VPN xavfsizlik shlyuzi. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq
qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli
xostlar uchun shifrlash va
autentifikatsiyalash vazifalarini bajaradi. VPN xavfsizligi shlyuzi shunday
joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi.
VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi
sifatida ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost
adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida
dasturiy yechim, alohida
apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki
tarmoqlararo ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor
kanallarini
(Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini
(masalan, telefon tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq
VPNning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi
axborotning himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni
xavfsiz uzatish uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi.
Tunnellash usuli bo’yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi
tarmoq orqali
xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir
"jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini
boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi o’ziga xos tunnel-
mantiqiy ulanish o’rnatiladi.Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar
portsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash"
amalga
oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath
protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki,
tunnelashning o’zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan
himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyatsiyalanuvchi
dastlabki
paketlarni to’la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo’ladi. Uzatiluvchi
ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash maqsadida jo’natuvchi dastlabki
paketlarni
shifrlaydi, ularni, yangi IP- sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va
tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi