«FSMU» metodi
3-
ilova
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar
chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash,
shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʻulotlarida, mustahkamlashda, oʻtilgan
mavzuni soʻrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʻulot natijalarini
tahlil etishda foydalanishtavsiya etiladi.
«FSMU» metodidan dars jarayonida foydalanishning afzalliklari
- O‘quvchilarni fikrlash qobilyatuini shakllantiradi;
- Dunyoqarashini kengaytiradi va o‘z fikrini sodiq qolish va ximoyalash
ko’nikmasini shakllantiradi;
- Keltirilgan mulohaza va misollarni umumlashtirish va yakuniy xulosalar
berish qobilyatini shakllantiradi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
- qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif
etiladi;
- har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan
qogʻozlarni tarqatiladi:
- ishtirokchilarning munosabatlari
individual yoki guruhiy tartibda
taqdimot qilinadi.
Yuqoridagi texnalogiyada o‘quvchilar tomonidan yangi mavzu yuzasidan
keltirilgan fikrlar, misollar, isbotlar va umumlashtiruvchi fikrlarni o‘qituvchi
tomonidan kamchiliklari bartaraf etiladi, xatolari to’g’rilanadi, real va xayotiy
misollar orqali isbotlanib, mavzuni umumlashtirilib beriladi.