• uchinchidan
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    BIZNES-REJANING VAZIFASI Biznes-reja o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi 
    uch muhim vazifani bajaradi: 
    birinchidan, korxona, firma va kompaniyaning, shu bilan birga, jamoa 
    a’zolarining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi; 
     ikkinchidan, g‘oya yoki birlamchi loyihaning amaliy harakat dasturi shakliga 
    keltirilgan hujjat sifatida hisob-kitoblar, sarf-xarajatlar, biznesni tashkil qilish va 
    yuritishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi; 
     uchinchidan, faoliyatni moliyalashtirish, kredit resurslaridan foydalanish
    shuningdek, sarmoyador sheriklarni hamkorlikka jalb etishda asos vazifasini 
    bajaradi. 
    Biznes-reja keng, har tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur o‘ylab 
    tayyorlangan hujjatdir. U firmaning qay maqsadga harakat qilayotganligi
    ko‘zlangan maqsadga qaysi yo‘llar bilan erishishi va ko‘zlangan maqsadga 
    erishgandan so‘ng natija qanday bo‘ladi, degan savollarga javob beradi. Biznes-
    reja o‘zida olingan loyihaning imkoniyatlari bo‘yicha to‘la ma’lumotlarni aks 
    ettiradi. Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan 
    asosiy hujjat hisoblanadi va uni 3—5 yilga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejaning 
    birinchi va ikkinchi yillariga ko‘rsatkichlar (topshiriqlar)ning choraklarga 
    taqsimlangan holda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi 
    yildan boshlab, yillik ko‘rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. 
    Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni hal etadi. Ya’ni:
    • tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqishning asosi 
    bo‘libgina qolmay, uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi; 
    • bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga solish 
    va bajarilishini nazorat qilishning asosiy quroli bo‘lib xizmat qiladi;


    • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to‘satdan yuzaga kelgan salbiy 
    holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogohlantiradi va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish 
    tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi;
    • tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga tegishli 
    ma’lumotlar olishga imkon beradi. 

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish