• 6.Mavzu:Yoshlаr tаdbirkоrligi va klasterlar Reja
  • Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda
  • Yoshlar tadbirkorligi klasterlari.
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    Nаzоrаt sаvоllаri.


    1. Оilаviy tаdbirkоrlik mаzmuni vа mоhiyati.
    2. Оilаviy tаdbirkоrlik shаkllаri vа хususiyatlаri.
    3. Оilаviy kоrхоnа vа uning хususiyatlаri. 
    6.Mavzu:Yoshlаr tаdbirkоrligi va klasterlar 
    Reja: 
    1.Yoshlаr tаdbirkоrligining аhаmiyati vа zаrurligi.
    2.Yoshlаr tаdbirkоrligining rivоjlаntirish tаdbirlаri.
    3.Yoshlаr tаdbirkоrligi klаstеrlаri.
    4.Klаstеrlаr fаоliyatining mоliyalаshtirish mаnbаlаri. 
    Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari. Tadbirkorlik 
    faoliyati bilan, yoshidan qat’iy nazar, muomala layoqatiga ega bo‘lgan barcha 
    fuqarolar shug‘ullanishi mumkin. Biroq, shu bilan birga, davlat imkon qadar 
    yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-
    quvvatlashga harakat qiladi. Chunki yoshlar jamiyatning katta kuch va g‘ayrat 
    sarflashga qodir, harakatchan, barcha yangi hodisalarni tez qabul qiluvchi va 
    o‘zlashtiruvchi faol qismi hisoblanadi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish 
    mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, yangi 
    ish o‘rinlari tashkil etishga imkon yaratadi. Shuningdek, tadbirkor yoshlar safining 
    kengayishi milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘lidan borishini 
    ta’minlaydi. Bu esa yosh, tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan tadbirkorlar 
    avlodini shakllantirishni taqozo etadi.
    Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda Prezidentimizning «Ta’lim 
    muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi 
    qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni va «O‘zbekiston Respublikasida 
    yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-
    tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori muhim o‘rin tutadi. Yoshlar tadbirkorligi ko‘lamini 
    yanada kengaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar majmuyi amalga oshiriladi: 
    – yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini ommalashtirish; – ularni tadbirkorlikka 
    ommaviy jalb etish; – biznes yuritish malakasini shakllantirish; – biznes 
    g‘oyalarini moliyalashtirish; – bozordagi faoliyatini olib borishda har jihatdan 
    ko‘maklashish. Yoshlar tadbirkorligi klasterlari. Klasterlar faoliyatini 
    moliyalashtirish manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    2017-yil 16-oktabrdagi «Yoshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratishning tashkiliy 
    chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Iqtisodiyotda faoliyati o‘zaro 
    bog‘liq bo‘lgan, masalan, xom-ashyo va materiallar yetkazib beruvchi, 
    infratuzilma xizmatlari ko‘rsatuvchi, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa 
    tashkilotlar guruhining muayyan hududga jamlanishi klaster deb nomlanadi. 
    Klasterning tashkil etilishi mazkur tashkilotlarning faoliyat natijalarini yaxshilab, 
    raqobatdoshligini oshiradi.
    Yoshlar tadbirkorligi klasterlari respublika tuman markazlari va 
    shaharlarida yuridik shaxs tashkil etilmasdan yaratiladi. Ularning faoliyatini 
    boshqarish O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman va shahar Kengashlari zimmasiga 
    yuklanadi. Klasterlarda joylashgan ishlab chiqarish maydonlari faqat O‘zbekiston 


    yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga, korxonasi oyoqqa turib 
    olguncha bo‘lgan davrda, lekin 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijara 
    to‘lovining «nol» qiymatida beriladi. Klasterlar o‘ziga xos biznes-inkubator 
    sifatida ishlab, yoshlarga tadbirkorlik bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tashda 
    ko‘maklashadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur hujjatlarni 
    tayyorlash, amaliy maslahatlar berish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatiladi. Klasterda 
    joylashtiriladigan tadbirkorlik sub’yektlari xodimlari shtatida 35 yoshgacha 
    bo‘lgan shaxslar ulushi 70 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. 

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish