O‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorga bir necha maslahatlar




Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/195
Sana04.12.2023
Hajmi13,3 Mb.
#110935
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195
Bog'liq
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

O‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorga bir necha maslahatlar
• Siz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ish sizga tanish bo‘lishi kerak;
• Bir kishiga muvaffaqiyat keltirgan biznes boshqa bir kishiga muvaffaqiyat 
keltirmasligi mumkin;
• Mahalliy xomashyo, resurs va materiallarga asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘ygan odamning muvaffaqiyat qozonishga imkoniyati ko‘proq;
• Qonun bilan taqiqlanmagan narsaning barchasini qilish mumkin; 
• Xatolardan o‘rganishadi, biroq yaxshisi, boshqalarning xatolaridan saboq olgan 
ma’qul;


• Boshlayotgan ishingiz sizning qiziqishlaringizga bog‘liq bo‘lgani yoki ularning 
davomchisi bo‘lgan bilimlaringiz saviyasiga mos kelgani yaxshi. 
Biznes-reja – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat 
davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari 
bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, 
biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir. Agar 
tadbirkor o‘z faoliyatini biznes-rejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha 
olmasligi mumkin. Biznes-reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning 
aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik 
faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, 
mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish 
qiyinlashib ketadi. 
Biznes-reja tuzish uning ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid 
ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va bozorlarni bilishni talab etadi. Biznes-reja 
tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga olmaslik yoki ayrim kamchiliklarni yashirish 
hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi. Bu esa korxona faoliyatini izdan chiqarishi 
yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli biznes-reja tuzishda malakali 
mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar 
xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Nazorat savollari: 
1.Tаdbirkоrlik g‘оyasi, uning tаvsifi, mаzmuni.
2.Tаdbirkоrlik g‘оyasi mаnbаlаri. 
3. Biznеs-rеjаning mоhiyati, mаzmuni. 
9.Mavzu:Biznes-rejani ishlab chiqish. 
Reja: 1.Tadbirkorlikda biznes rejaning ahamiyati. 
2.Tadbirkorlikni biznes rejaga asoslanib tashkil etish. 
3.Biznes rejaning vazifasi. 
Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan 
darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, tadbirkordan biron-bir 
xo‘jalik qarori qabul qilish, masalan, bankdan kredit olish, asbob-uskuna, moddiy 
resurslarni sotib olishdan oldin uni har tomonlama, puxta o‘ylab ko‘rish, tegishli 
hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Odatda, bunday hisob-kitob 
qilish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish ketma-ketligini belgilab olish 
jarayoni biznesni rejalashtirish deb ataladi. Biznesni rejalashtirish natijasida 
tayyorlangan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat biznes-reja deb nomlanadi.
 


Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati 
uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa, 
mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biznes-reja tadbirkorlik 
faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy 
bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan 
natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, 
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi. Biznes-reja tuzish uning 
ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va 
bozorlarni bilishni talab etadi. Biznes-reja tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga 
olmaslik yoki ayrim kam chiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi. 
Bu esa korxona faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shu sababli biznes-reja tuzishda malakali mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, 
iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar xizmatlaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.

Download 13,3 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   195




Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorga bir necha maslahatlar

Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish