• Zamonaviy biznes faoliyati
  • Buni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirish mumkin
  • Mavzu : Zamonaviy tadbirkorlik faoliyati mazmuni va mohiyati Reja: Biznes va tadbirkorlik tushunchasi Tadbirkorlik tushunchalarining shakllanishi




    Download 17,07 Kb.
    bet1/2
    Sana19.12.2023
    Hajmi17,07 Kb.
    #123640
      1   2
    Bog'liq
    1-Mavzu R


    Mavzu : Zamonaviy tadbirkorlik faoliyati mazmuni va mohiyati
    Reja:
    1. Biznes va tadbirkorlik tushunchasi
    2. Tadbirkorlik tushunchalarining shakllanishi
    3. Tadbirkorlik faoliyati uchun zarur omillar
    Biznes” soʻzi ingilizcha soʻz boʻlib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha soʻz bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari oʻrasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti – harakatlarini oʻz ichiga oladi. Bu holatda, biznes soʻzining sinonimlari boʻlib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy koʻrinishda biznes – bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir.
    Zamonaviy biznes faoliyati — toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va shaxslar, tashkilotlar, tuzilmalar oʻrtasidagi munosabatlar tizimini ifodalaydi. Ular esa, biznes faoliyatining ichki va tashqi muhitini belgilaydi.
    Har qanday ishbilarmon biron ishni boshlashdan oldin, oʻsha vaqtni, sharoitni va oʻzi tutadigan oʻrnini aniq bilishi kerak. Ayrim tashkilotlar oʻz faoliyatlarini boshlash vaqtida qisman soliqlardan ozod etiladi va shu bilan birgalikda, kam miqdorli kreditlardan foydalanishlari ham mumkin boʻladi. Tadbirkor hech qachon bunday imtiyozlardan voz kechmasligi lozim. Tadbirkor oʻz vaqt imkoniyatlarini yaxshilab oʻrganib, oʻz oʻrnini topgan taqdirda ham, u tegishli sohani tanlashdan iborat.
    Buni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirish mumkin:
    1. Oʻzining qandaydir ichki his-tuygʻulariga ishongan holda.
    2. Atrof-muhit va iqtisodiy shart-sharoitlarni inobatga olib.
    3. Chuqur tahlil va oʻrganishlar asosida.
    Har kim oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, oʻzi xohlagan yoʻlni tanlaydi. Lekin har qanday sharoitda ham iqtisodiy shart-sharoitlarni inobatga olib, tahlil va mulohazalar asosida oʻzi uchun ma’qul yoʻlni tanlashi lozim.
    Tadbirkor har doim bozor muhitiga baho berishi va bozorning qancha qismiga egalik qilishini ham taxminan bilishi kerak. Buning esa oʻziga yarasha mas’uliyati bordir.
    Biznes bu doimiy, barakali, izchil va tinimsiz mehnat talab qilib, ba’zi hollarda eng ishbilarmon kishilarni ham toliqtirib, oʻylantirib qoʻyadigan jiddiy ishdir.
    Biznesga kirib borish yoʻlida tadbirkor oʻzining bir qator savollariga javob topishi lozim.

    Download 17,07 Kb.
      1   2




    Download 17,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu : Zamonaviy tadbirkorlik faoliyati mazmuni va mohiyati Reja: Biznes va tadbirkorlik tushunchasi Tadbirkorlik tushunchalarining shakllanishi

    Download 17,07 Kb.