tarixi, rivojlanish tajribalari va yo‘l qo‘yilgan holatlari ilova qilingan bo‘ladi.
Yangi tashkil etilayotgan korxona (firma)lar uchun yuqoridagi ilovalar zarur emas.
Ko‘proq bu yerda reja tuzishni asosi qilib, bozorni o‘rganish natijalarini olishimiz
mumkin, ya’ni marketing tadqiqotlari natijalari. Bu yerda biz bir necha savollarga
javob berishimiz kerak. Bu savollar: «Biznes-rejani kim tuzadi?», «Biznes-reja
qachon kerak bo‘ladi?», «Qanday alohida tomonlari mavjud?» Odatda, biznes-
rejaning sifati, uni kim tomonidan tuzib chiqilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqimizda
shunday naql bor: «Nima eksang, shuni o‘rasan». Bu biznes-rejaga taalluqlidir.
Biznes-rejani kimlar ishlab chiqishi borasida har xil fikrlar yuradi. Ayrimlari
korxona rahbarining ishi, chunki u bunga mutaxassis va konsultantlar yordamidan
foydalanish
imkoniyatiga ega, deb hisoblaydi. Boshqa bir fikr shundan iboratki,
biznes-reja tuzishda korxona ishchilarini keng jalb etish mumkin. Agar korxona
jamoasi o‘zlari mustaqil ishlab chiqsa, «o‘zing tuzdingmi — o‘zing bajar» tamoyili
asosida ancha oson bo‘ladi. Biznes-rejani tuzishning aniq yo‘llari — bu maqsadni
aniqlash, rejalashtirish davrini belgilash, rahbar shaxsi, korxona xodimlarining
ishiga loyiqligini baholash, ularning tajribasiga tayanish,
bilimi va boshqalar
hisoblanadi. Agar siz o‘z ishingizni (loyihangizni) yaxshi bilsangiz, axborot bilan
to‘la tanishgan bo‘lsangiz, unda sizga «Biznes-reja» tuzib chiqish unchalik
murakkab emas. Ammo bu jarayonga mutaxassis jalb etish, ular fikrini hisobga
olish, reja sifatining oshishiga olib keladi. Hozirgi kundagi tajriba shuni
ko‘rsatadiki, eng to‘g‘ri variant reja tuzishda tadbirkor yoki mutaxassislarning
maslahatiga keng tayanishdir. Maslahatchilar va tajribali mutaxassislar muammoni
to‘g‘ri qo‘yish bilan bir qatorda, «Biznes-reja»ga tovar xususiyatini ta’minlab
beradi. Bundan tashqari, maslahatchilarning biznes-reja
ishlab chiqish jarayoniga
jalb etilishi, mahsulotlar sotish bozorini tanlashda va moliya rejasini ishlab
chiqishda ham beqiyosdir. Endi, navbat biznes-rejalarning tadbirkorlar uchun
qachon kerakligidadir. Ko‘pchilik ish yurituvchilar, tadbirkorlar, korxona (firma)
rahbarlari «Biznes-reja» qachon kerak deyilganda, bankdan ssuda yoki
sarmoyadordan pul olishda zarur bo‘ladigan hujjat, deb hisoblaydi. Shu sababli
ayrim qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydigan korxonalar biznes-reja tuzishmaydi.
Rejalashtirish jarayonini to‘lig‘icha to‘g‘ri tushunmaydi va uning afzalligi, foydasi
haqida yetarli tasavvurga ham ega bo‘lishmaydi. Bunday qarashlar noto‘g‘ri
hisoblanadi. Mulk shaklidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik faoliyati uchun biznes-
reja zarurdir.
Biznes-rejalar kimlarni ko‘proq qiziqtiradi? U, asosan, xo‘jalik faoliyati
yurituvchilar va investitsiya (sarmoya)ga muhtoj bo‘lgani uchun tuziladi:
•
ish yurituvchilar;
• mulkdorlar;
• sarmoyadorlar.
Ish yurituvchilar, odatda, biznes-reja tashkilotchisi va bajaruvchisi hamdir. Kam
e’tibor berilsa-da, ish yurituvchining imkoniyati biznes-rejada emas, balki uni
rejalashtirish jarayonida yuqori bo‘ladi.
Mulkdorning biznes-reja tuzishdan manfaatdor bo‘lishi, o‘z firmasining
kelgusidagi rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdir. Kichik korxonalarda ish
yurituvchi bir vaqtning o‘zida mulkdor ham bo‘lishi mumkin yoki biznes-reja
tashkilotchisi, bajaruvchisi va nazorat olib boruvchisi kabi
har xil rolni bajarishi
ham mumkin. Odatda, biznes-rejalar banklar uchun tuziladi. G‘arb banklarining
ko‘pchiligiga biznes-rejalar taqdim etilishi majburiydir. Kredit beruvchilar biznes-
rejani kredit berish haqidagi qarorlarni qabul qilishdan oldin axborotlarining
qo‘shimcha manbayi sifatida ko‘radilar. Ammo kredit aniq bir shaxslarga
belgilangan maqsadlari uchun beriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, maqsadni ham
bilib olish foydadan xoli bo‘lmaydi. Biznes-reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor
va sarmoyador uchun manfaatlidir.
U ularning quyidagi savollariga to‘la javob beradi:
• firma loyiha imkoniyatlarini baholashda loyiha kelgusida
tijorat va moliyaviy
yutuq keltiradimi?
• firma va budjet to‘la faoliyati yuzasidan maqsadni belgilashda. Bundan firmaning
qanday umumiy vazifasi mavjud va uning kelgusida rivojlanishi qanday:
• budjet, uning tuzilishi, daromadi va xarajati haqida to‘la tushuncha mavjudmi